Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Download 0.81 Mb.
bet38/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

4. Pedantik tip: Psixik jarayonlari inert, vazmin, psixologik travmadan uzoq muddat chiqa olmaydigan. Mojarolarda kamdan-kam qatnashib, ko‘pincha passiv tomonda bo‘ladi. Biror-bir tartib buzilgudek bo‘lsa qattiq hayajonga tushadi. Xizmat jarayonida qat’iy byurokrat, atrofdagilarga ko‘p rasmiy talablar qo‘yadi. Saranjom-sarishta, ozoda, tozalikka alohida e’tibor beradi, mayinkor. ishga vijdonan yondoshadi, rejaga qat’iy rioya qiladi, xatti - harakatlari og‘ir, bosiq, ishning yuqori darajadagi sifatini ko‘zlaydi, o‘zini qayta-qayta tekshiradi, bajarilgan ishni to‘g‘riligidan shubhalanadi. Rasmiyatchi. Liderlikni boshqalarga berib yuboradi.
5. Xavotirlanuvchi tip. Muloqotchanligi past, kafiyati ma’yus, qo‘rquvchan, sergak, hadiksirovchi, o‘ziga ishonqiramaydigan. Bu tipdagi bolalar ko‘pincha qorong‘ilikdan, hayvonlardan, yolg‘iz qolishdan qo‘rqadilar. Sho‘x, chaqqon tengqurlaridan chetroqda bo‘lishga harakat qiiadilar, tortinchoq va uyatchan. Imtihonlar, nazorat ishlari, tekshiruvlarni og‘ir his etadi. Odatda sinf oldida javob berishdan tortinadi. Yoshi kattalarning pand-nasihatlari ularning vijdonini qiynab gunohkorlik hissini uyg‘otishi mumkin. Burch, mas’uliyat hissi ularda barvaqt shakllanadi, axloqiy va etik talablari juda yuksak. O‘z-o‘zini boshqalardan kam his etadi, o‘z qobiliyatlarini keng namoyon qila oladigan faoliyat orqali shu hisni bekitishga harakat qiladi, bolaligidan ko‘ngli nozik, tortinchoqligi ko‘ngli tusagan odamlari bilan yaqinlashishiga xalal beradi. Atrofidagilarning munosabati bu shaxs uchun eng nozik muammo. Hazilni ko‘tarolmaydi, nohaq ayblovlarga duchor bo‘lsa o‘zini himoya qila olmaydi. Ziddiyat va mojarolarga kamdan kam qatnashadi, muammoli vaziyatga tushib qolsa ko‘mak va tayanch izlaydi. Iltifotli, o‘ziga nisbatan talabchan, vazifalarni astoydil bajaradi. O‘zini himoya qilolmasligi sabab tez-tez hazil-mazaxga duchor bo‘ladi.
6. Siklotim tip. Bu shaxsda gipertimik va distixnik holatlar almashib turadi.Kayfiyatida tez-tez davriy o‘zgarishlar bo‘ladi va tashqi hodisalarga bog‘liq. Xursandchilikda gipertimiya xususiyatlari namoyon boladi: ko‘p gapiradi, ishchanligi oshadi, har xil fikrlar, tashabbuskorligi oshadi, xafa bo‘lsa tushkunlikka duchor boladi, xatti - harakati va fikrlashi sust bo’ladi, o‘zgalar bilan muomala usullari tez-tez o‘zgarib turadi. O‘spirinlik davrida siklotimik aksentuatsiyaning ikki variantini kuzatish mumkin; tipik va labil sikloid. Tipik sikloid bolaligida odatda gipertimga o‘xshab ketadi, keyinchalik esa harakatsizlikni namoyon etadi, oldin oson bo‘lgan narsalar, endi kuchli harakatlarni talab etadi. Oldiniga chaqqon bo‘lgan endi harakatlari sust, uydan chiqmaydigan, ishtahasi buzilgan, uyqusiz yoki aksincha uyqisirab yuradigan bo‘ladi. Tanbehlarga jahl bilan javob beradi, lekin ko‘nglining tubida g‘ashlik bo‘lib depressiyaga duchor bo‘lishi mumkin. O‘z joniga qasd qilish ehtimoli bor. O‘qish jarayoni tekis emas, qoldirilgan materiallarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradi, darslarga nisbatan o‘zida nafrat uyg‘otadi. Labil sikloidlarda tipik sikloidlarga nisbatan kayfiyat o‘zgarish fazalari odatda qisqaroq, yomon kunlari sustkor va sokin emas, balki darg‘azab kayfiyatga ega. Ko‘tarinki kayfiyat davrida do‘st orttirish va davralarda bo‘lish ishtiyoqi bor. O‘z - o‘ziga baho berish kayfiyatiga bog‘liq.
7. Namoyishkor tip: harakatchan, chaqqon, odamlar bilan munosabat o‘rnatishi oson, o‘ziga nomaqbul bo‘lgan holat va hodisalarga e’tibor bermaydigan (siqib chiqazish qobiliyati) yolg‘on gapirish, maqtanchoqlik, manmanlik, kibr - havoga berilish bu shaxsga xos. Boshqalar ustidan hukmronlik qilish, boshqalar tomonidan tan olinishi, odamlar diqqat-e’tibori markazida bo‘lish, o‘zi haqida maqtov va olqishlar eshitishni yoqtiradigan odam. Odamlar bilan murosaa qilish yuqori darajada, kayfiyati tez o‘zgaruvchan, lekin hissiyotlari chuqur emas va shaxslararo ziddiyatlarning sababchisi. Cheksiz xudbin, izzattalab, olqishni sevuvchi. Birovlarning maqtovga sazovor bo‘lishini ko‘rolmaydigan. Davralarda diqqat markazda bo‘lish asl maqsadi. O‘z- o‘ziga baho berishi haqiqatdan yiroq. Boshqalarni g‘ashiga tegish darajasida o‘ziga yuqori baho beradi, doimiy tarzda mojarolar uyushtiradi, lekin o‘zini qat’iy himoya qiladi. Siqib chiqazish qobiliyati patalogik bo‘lib, o‘zi bilishni istamaydigan narsani butkul esidan chiqazishi mumkin. Shu bois yolg‘on gapirishda o‘zini erkin tutadi. Yolg‘on gapirayotgani yuzida aks etmaydi, chunki uningcha bu gap haqiqat. Binobarin, yolg‘onni dildan his etmaydi yoki chuqur yondashmaydi, shuning uchun vijdoni qiynalmaydi. Chiroyli g‘oyalari bilan boshqalarni ergashtira olish qobiliyatiga ega.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling