Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta


Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Z. Halimov


Download 0.81 Mb.
bet40/41
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1488378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish (1)

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Z. Halimov
Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi bitiruvchisi Odilova Dildoraning “Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» asarida “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir” – deb ta`kidlaganlar. Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog`lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e`tibor berilmoqda. Ta`lim jarayonida pedagog bilan o`quvchilarning o`zaro hamkorlik faoliyatiga xos ijtimoiy psixologik uyg`unlikni tashkil etish, ta`lim subyektlarini mustaqil, ijodiy fikrlashga o`rgatish ularning kasbiy tayyorlash muhitini takomillashishi va yuksalishiga olib keladi. Zero, ontogenetik rivojlanishning o`smirlik davri eng murakkab hamda psixologik inqirozlar bilan uyg`unlashib ketgan, quvvati yuqori, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni o`zlashtirishga intiluvchan, mustaqillikka moyil, egiluvchan, xulq-atvorida ijtimoiy me`yorlarning shakllanishi jadal sur`at bilan kechadigan davr bo`lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishimiznig metodlari: Kuzatish, suhbat, test, “Qadriyatlar yo‘nalishlari” (I.G.Senin), “Pedagog xarakteridagi aksentuatsiyani o‘rganish” savolnomasidan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi sifatida yetuklik davrining psixologik o`ziga xosligini tadqiq etishda kompleks yondashuvlardan B.G.Ananyev, P.K.Anoxin, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontevlarning ilmiy izlanishlari asos bo`lib xizmat qildi. Shuningdek, sharq mutafakkirlarining komil inson to`g’risidagi ta'limotlari, Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan foydalanilgan.
Odilova Dildoraning “Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini amaliy jihatdan tadqiq etish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini qoniqarli baholayman.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling