Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 Affiks (lot. affixus – birlashtirilgan, biriktirilgan) Soʻzga (leksemaga) 
zid qoʻyiladigan (leksik ma’noga ega boʻlmagan), oʻzi qoʻshiladigan 
asosning lugʻaviy yoki grammatik ma’nolarining shakllanishiga 
xizmat qiladigan morfema; qoʻshimcha. Masalan, ish-chi-lar-imiz-ni. 
O‘zbek tilidagi affikslar asosan soʻzning oxiriga, ba’zilari soʻz oldiga 
qoʻshiladi, ya’ni suffiks va prefiks holida boʻladi. 
Affiksial antonimiya. Qo‘shimchalar orasidagi antonimiya: -li va -
siz (kuchli – kuchsiz) kabi. 
Affiksial morfema – ayn. Qo‘shimcha. 
Affiksial omonimiya Qo‘shimchalar orasidagi omonimiya: -ik 
(ko‘pik – ot yasovchi), -ik (egik – sifat yasovchi) kabi. 


205 
Affiksial sinomimiya. Qo‘shimchalar orasidagi sinonimiya: -siz va 
be- (farqsiz – befarq) kabi. 
Affiksial so‘z yasalishi. Asosga qo‘shimcha qoʻshish yoʻli bilan 
soʻz yasalishi: bo‘yoqchi (bo‘yoq + chi), bo‘yoqchilik (bo‘yoqchi+lik) 
Affiksiya. Umuman, asosga qo‘shimcha qoʻshish, qo‘shimcha 
yordamida soʻz yoki shakl yasalishi: (soʻroq (soʻra + q) – soʻz 
yasalishi, soʻradi (soʻra + di) shakl yasalishi. 
Affiksning varianti Qo‘shimchaning fonetik (tovush) tarkibi 
jihatidan turi. Masalan, obroʻyi – obroʻsi, uyga – terakka – buloqqa, 
kuzgi – kechki, kelguncha – birikkuncha – chiqquncha kabi. 
Affiksoid (lot. Affixus yun. eidos – tur) Qo‘shimcha vazifasida 
qoʻllanuvchi morfema: ishxona, darsxona kabi soʻzlardagi xona. 
Aferezis ((yoki tovushlari) ta’sirida keyingi soʻz boshidagi tovushning (yoki 
tovushlarning) tushishi. M.: aytar edi – aytardi kabi. q. eliziya. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling