204
Antroponim (< anthropos — odam + oputa — nom). Kishining
oti, ism.
Antroponimika. Leksikologiyaning (onomastikaning) kishi otlarini
(ismlarini) oʻrganuvchi boʻlimi.
Asindeton (<
grek, asyndeton – borlanmagan).
ayn. bog‘lovchisiz
bogʻlanish.
Asliy sifatlar. Predmet belgisini bevosita, boshqa predmetga nisbat
qilmagan holda ifodalaydigan sifatlar:
qizil, yaxshi, shirin, oriq
kabilar.
qiyos. nisbiy sifatlar.
Akkumuliyatsiya. Biror tilda aktiv ishlatiladigan soʻz, ibora va
sh.k. ta’sirida xuddi shunday soʻzlarning
boshqa tilda ham aktiv
ishlatila boshlashi.
Aksentologiya (
ta’limot). Fonetikaning urg‘uni (urg‘uning tabiati, tipi, vazifasi va h.)
oʻrganuvchi boʻlimi.
Amorf tillar (grek. amorphous < a – inkor prefiksi+morphe -
forma). Affikslarga ega boʻlmagan, soʻzlar
orasidagi Grammatik
aloqalar bitishuv yoʻli bilan yoki yordamchi soʻlar vositasida
ifodalanadigan tillar. M.: xitoy tili.
Analitik tillar. Grammatik ma’nolarforma
yasovchi affikslar
yordamida emas, balki yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, intonatsiya
yordamida ifodalanadigan tillar. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tillari
analitik tillar gruppasiga kiradi.
Antiteza (grek. qarama-qarshi qoʻyish).
Qiyoslanuvchi fikr,
tushuncha, obrazlarni qarama-qarshi qoʻyishdan iborat stilistik figura:
Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Doʻst boʻlish oson, uni saqlash
qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: