(o‘zgarish ma’nosida); yozuv-chizuv, yurish-turish, borish-kelish,
bosar-tusar; kiraverish.
6. Aniq yoki yaqin o‘tgan zamon shaklidagi sodda, juft va
takroriy fe’llar hamda fe’lli sintaktik birliklar: chaqirdi, chorlandi,
ko‘rdi; keldi-ketdi, qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi; dedi-dedi,
mindi-mindi (bolalar o‘yinining nomi); joy yig‘di, qozon to‘ldi.
7. Takroriy va juft shakldagi taqlid so‘zlar: ququ (qush), dudut
(engil mashina), popop (asli: pop-pop, tikuv mashinkasi), tutu (tovuq),
patpat (motostikl), shapshap (magazkushak).
Eslatma. Koversiya usuli bilan so‘z yasalish hodisasi ustozimiz
Mirzaahmad Olimovning
“
Risolai sarf yoki an’anaviy morfologiya”
o‘quv-metodik qo‘llanmalaridan keltirildi (“FAN”, -T.: 2003. 17-b.).
30
OT SO‘Z TURKUMI
•
Shaxs-narsa ma’nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib
kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga ot
deyiladi.
•
Mavjudiyatni nomlaydigan so‘z turkumiga ot deyiladi.
Demak, ot so‘z turkumi jamiki narsa va hodisalarni predmet
sifatida nomlab keladi.
Unutmang! Morfologiyada predmet mantiqiy tushuncha emas,
keng tushunchani ifodalaydigan umumiy grammatik ma’nodir. M. :
1. Tirik mavjudotlar predmetdir. M: odam, chaqaloq; it, sigir,
sher; bulbul, lochin, tovus; delfin, sakkizoyoq, qisqichbaqa.
2. Narsa va buyumlar: daftar, ruchka, kastyum, telefon.
3. Voqea, hodisalar: to‘y, mag‘lubiyat, g‘alaba.
4. Geografik joy nomlari: Mirzacho‘l, Antarktida, Qoraqum.
5. Belgi xususiyat : bolalik, yaxshilik.
6. Jism, moddalar: suv, neft, tilla, olmos, kumush.
Do'stlaringiz bilan baham: |