26
3) ravish+ot = qo‘shma sifat: hozir/javob, kam/gap;
4) ravish+fe’l = qo‘shma sifat: erta/pishar, kech/pishar
5) ot+fe’l = qo‘shma fe’l: javob bermoq, bahs qilmoq;
6) olmosh+ot = qo‘shma ravish: har vaqt, shu on, o‘sha lahza.
•
Misollardan ko‘rinyaptiki, bir so‘z turkumiga mansub
so‘zlardan shu so‘z turkumiga xos yangi so‘z yasalishi yoki boshqa
(sifat) so‘z turkumiga xos so‘z yasalishi mumkin ekan. Shuningdek,
bir necha so‘z turkumiga mansub so‘zlardan boshqa so‘z turkumiga
xos so‘z yasalishi kuzatilar ekan.
•
Unuta ko‘rmang! Qo‘shma sonlarning hosil bo‘lishida boshqa
so‘z turkumlari ishtirok etmaydi.
•
Xuddi shunday qo‘shma olmoshlarda ham boshqa so‘z
turkumlari (
bir, narsa so‘zlari bundan mustasno) ishtirok etmaydi.
•
Yodda tuting! Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishi barcha
mustaqil so‘z turkumlariga xos. Biroq amaliyotda qo‘shma son va
olmoshlar yasama so‘zlar qatoriga kiritilmaydi.
Qo‘shma so‘zlarda imlo. Nazarimizda, qo‘shma so‘zlarning
imlosida, qo‘shib yoki ajratib yozish masalasi alohida e’tiborda
bo‘lishi talab etiladi. Qo‘shma so‘zlar asosan mustaqil so‘z
turkumlariga xos. Mazkur so‘z turkumlardagi qo‘shma so‘zlarning
qo‘shib yoki ajratib yozish imloviy talabga ko‘ra
ularni quyidagicha
guruhlash mukin:
1. Qo‘shma so‘zlari doim ajratib yoziladigan so‘z turkumlari.
Bularga fe’l hamda son so‘z turkumlari kiradi. Olmosh so‘z turkumini
ham shu guruhga kiritsa bo‘ladi.
2. Qo‘shma so‘zlari qo‘shib yoki ajratib yoziladigan so‘z
turkumlari. Ot, sifat, ravish so‘z turkumlarini
bemalol shu guruhga
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: