Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Eslatma! Unutmangki, o l m o sh


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Eslatma! Unutmangki, o l m o sh hamda s o n so‘z 
turkumlarida so‘z yasovchi qo‘shimchalar yo‘q, shuning uchun bu 
so‘z turkumlari affiksatsiya usuli bilan yasalmaydi, lekin bu so‘z 
turkumlari yasovchi qo‘shimchalarini qabul qilib, so‘z yasalishi 
uchun asos bo‘ladi. M.: bir/lik, ikki/chi, birlash, bittalab; o‘zlik, 
sen/bop, siz/lamoq, o‘zi/cha.  
 
• 
UNUTMANG
! Yordamchi so‘z turkumi (bog‘lovchi, ko‘makchi, 
yuklama so‘z turkumlari)da so‘z yasovchi qo‘shimchalar mutlaqo 
yo‘q. Qolaversa, mazkur so‘z turkumlari so‘z yasovchi 
qo‘shimchalarni qabul qilmaydi, ya’ni so‘z yasalishi uchun asos bo‘la 
olmaydi. 
• 
Modal, undov va taqlid so‘z turkumlarida ham yasovchi 
qo‘shimchalar yo‘q, lekin ular yasovchi qo‘shimchalarni qabul qilib 
soʻz yasalishi uchun asos boʻladi..
Demak, mavjud 12 ta so‘z turkumidan 9 tasi so‘z yasovchi 
qo‘shimchalarni qabul qilib yangi so‘z yasalishi uchun asos bo‘ladi. 
So‘z yasovchi qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra qanday 
so‘zlardan yangi so‘z yasaydi? 
Ma’lumki, tilimizdagi so‘zlar tuzilishiga ko‘ra to‘rtga bo‘linadi. 
Xo‘sh, so‘z yasovchi qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra qanday 
so‘zlardan yangi lug‘aviy ma’noli so‘z yasaydi?
I. So‘z yasovchi qo‘shimchalar odatda sodda so‘zlardan 
yangi so‘z yasaydi. Bunday so‘zlar s o d d a y a s a m a
so‘zlar deb yuritiladi. 
Masalan: 
suv+chi=suvchi, 
qalam+don=qalamdon; 
aql+li=aqlli, ba+davlat=badavlat; gul+la=gulla, bir+lash=birlash; 
do‘st+ona=do‘stona, qahramon+larcha=qahramonlarcha. 
 
• 
ESLATMA
! Sodda yasama so‘zlar tarkibida birdan ortiq so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Masalan: suv+chi+lik, 
suv(a)+q+chi+lik, 
yarq+ira+ma, 
be+taraf+lik, 
tin+ch+lik, 
yog‘+in+garchilik. 


22 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling