Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


  SO‘Z TURKUMLARIDA SO‘Z YASALISHI –


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 


20 
SO‘Z TURKUMLARIDA SO‘Z YASALISHI – 
DERIVATSIYA 
O‘zbek tilining lug‘at tarkibi doimiy ravishda o‘zgarib, boyib 
boradi. Til lug‘at sostavining boyishi ikki yo‘l bilan amalga oshadi: 
1. Tashqi manba, ya’ni qardosh bo‘lmagan tillardan so‘z olish 
natijasida boyiydi. 
2. Ichki manba. Bu manbaning o‘zi ikkiga ajraladi: 
A. Shevalardan so‘z olish. 
B. Yangi so‘z yasash. 
Tilshunoslikning “So‘z yasalish” bo‘limida tildagi so‘z yasash 
yo‘llari, 
imkoniyatlari, 
muammolari 
o‘rganiladi. 
Albatta,
morfologiyada ham har bir so‘z turkumining yasalishi bilan bog‘liq 
xususiyatlar tadqiq qilinadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z 
yasalishining quyidagi yo‘llari mavjud: 
1. Affiksatsiya (morfologik) usul. 
2. Kompozitsiya (sintaktik) usul. 
3. Abbereviatsiya usuli. 
4. Fonetik usul. 
5. Konversiya usuli. 
6. Leksik-semantik usul. 
 
Mavjud 6 ta so‘z yasalish usulidan faqatgina ikkita : 
afiksatsiya hamda kompozitsiya usullari bilan yangi so‘zlar 
yasaladi xolos. Qolgan 4 ta so‘z yasalish usullari bamisoli qurib 
qolgan daryodek, chunki ular bilan yangi so‘zlar yasalmaydi. 
Affiksatsiya (morfologik) usuli bilan so‘z yasalishi 
 
Yodda tuting ! So‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan yangi so‘z 
yasash hodisasi affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalish deb yuritiladi. 
Masalan: suv+chi=suvchi, gul+don=guldon, isi+q=issiq.
Ma’lumki, to‘rtta so‘z turkumida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bor. 
1. Ot so‘z turkumida.
2. Sifat so‘z turkumida. 
3. Fe’l so‘z turkumida. 


21 
4. Ravish so‘z turkumida. 
• 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling