Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
konversiya va kompozitsiya
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
konversiya va kompozitsiya usuliga ko‘ra yangi leksik ma’no
ifodalaydi. M: yosh-u qari, achchiq-chuchuk , oldi-sotdi, bordi-keldi, yugur-yugur – ot; kuydi-pishdi, mosh-guruch, yo‘l-yo‘l – sifat; uzoq- yaqindan, uzil-kesil, es-es (zo‘rg‘a), qishin-yozin (doimo), erta-kech (hamisha), bugun-erta (yaqinda), nari-beri (tez), uncha-muncha (sal, oz) – ravish. Juft so‘zlar Bitta so‘roqga javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladigan ikki qismdan iborat so‘zga juft so‘z deyiladi. Qismlari o‘zaro ma’nodosh yoki bir-biriga yaqin yoki o‘zaro antonim so‘zlarga juft so‘zlar deyiladi. Ikki so‘zni yonma-yon qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan so‘zlar juft so‘zlar sanaladi. Xususiyatlari. 1. Juft so‘zlar 2 qismdan iborat bo‘ladi: ota-ona, yaxshi-yomon, beshta-o‘nta, borib-kelib, asta-sekin. 2. Imloviy belgisi. Juft so‘zlarning qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. M.: aka-uka, past-baland, sekin-asta. Juft so‘zlar orasiga –u/-yu yuklamasi kelsa, birinchi qismdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. M.: ota-yu ona, past-u baland, katta-yu kichik. 3. Juft so‘zlarning qismlari o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi. Hatto ular orasiga teng bog‘lovchini qo‘ysa ham bo‘ladi. M.: ota-ona // ota va ona, o‘g‘il-qiz // o‘g‘il hamda qiz. 4. XGM ifodalaydigan juft so‘zlarning har bir qismi o‘z so‘z urg‘usiga ega bo‘ladi. 5. Juft so‘zlarning qismlari bitta so‘z turkumiga mansub bo‘ladi. M.: ot so‘z turkumi: uy-joy, ilm-ma’rifat, aka-uka, stol-stul; sifat: yakka-yagona, esli-hushli, ijtimoiy-siyosiy; son: o‘n-o‘n besh, beshta-oltita, ellik-oltmish; fe’l: aytdi-qo‘ydi, yozdi-berdi, aytdim-qo‘ydim; ravish: erta-yu kech, omon-eson, sekin-asta; 17 olmosh: sen-men, siz-u biz, u-bu; taqlid so‘z turkumi: taqar-tuqur, gangur-gungur; undov so‘z turkumi: oh-voh, dod-voy, uf-suf; modal so‘z turkumi: bor-yo‘q. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling