Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


bo‘lishi mumkin, biroq mutlaqo so‘z yasovchi qo‘shimchasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

bo‘lishi mumkin, biroq mutlaqo so‘z yasovchi qo‘shimchasi 
bo‘lmagan so‘zdir.
Tub sodda so‘zlar aslida tub, hozirda yoki o‘zbek tili nuqtai 
nazaridan tub bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra: 
1) aslida tub: ota, ona, uy, Vatan, ol, ko‘p; 
2) hozirda tub, ya’ni soddalanish hodisasiga uchragan so‘zlar: 
ko‘mir(ko‘m-mir), yomg‘ir (yog‘-m‘ir), olg‘a (old-ga), oltmish (olti-
mish), yetmish (yetti-mish), sakson (sakkiz-o‘n), to‘qson (to‘qqiz-o‘n), 
biroq (bir-oq), birov (bir-ov), so‘ngra (so‘ng-ra); 
3) o‘zbek tili nutai nazaridan tub: morfologiya, orfografiya, 
orfoepiya, geografiya; hamroh, sartarosh; ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy. 
Sodda yasama so‘zlar o‘zak va yasovchi qo‘shimchadan iborat 
bo‘ladi. Ular tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimchalar 
bo‘lishi ham mumkin. M.: gul+zor, o‘t+loq; aql+li, ba+davlat
fikr+la, tun+a; ruh+an, do‘st+ona; gul+chi+lik, bil+im+don+lik 
(v.h.). 
 
Yodda tuting. Afiksatsiya usuli bilan so‘z yasalish hodisasi 4 ta – 
ot, sifat, fe’l hamda ravish so‘z turkumlariga borligini inobatga 
olsak, demak, sodda yasama so‘zlar faqat shu so‘z turkumlarida 
uchraydi xolos. 
Qo‘shma so‘z – kamida ikki asosdan iborat bo‘ladi. M.: atir/gul, 
qo‘l/qop, tepa/kal, sotib olmoq, ishlab chiqarmoq, har vaqt, har yer. 
(Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishiga qaralsin.) 
Juft-takroriy so‘zlar o‘ziga xos xususiy grammatik ma’no 
ifodalab keladi. M.: ko‘plik ma’nosi: stol-stul, aka-uka, baland-
baland, katta-katta, rasta-rasta; jamlash-umumlashtirish ma’nosi


16 
idish-tovoq, qozon-tovoq (ro‘zg‘or buyumlari), daftar-qalam (o‘quv 
quroli), ko‘ylak-lozim (sarupo); davomiylik: tun-kun, bora-bora
yoza-yoza. 
➢ Eslatma. Unutmaslik lozimki, ayrim juft-takroriy so‘zlar

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling