Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Juft so‘zlarning qismlari leksik ma’no ifodalashi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Juft so‘zlarning qismlari leksik ma’no ifodalashi, 
ifodalamasligiga ko‘ra belgisi 
Juft so‘zlarning qismlari leksik ma’no ifodalash, ifodalamasligiga 
ko‘ra yakka ishlatilish, ishlatilmasligiga ko‘ra:
• Juft so‘zlarning ikkala qismi lug‘aviy ma’no ifodalaydi. Shunga 
ko‘ra har ikkala qismi yakka holda ishlatiladi. M.: ota-ona, aka-singil, 
savol-javob, yaxshi-yomon. 
• Bir qismi leksik ma’no ifodalab (yakka ishlatilib), bir qismi 
leksik ma’no ifodalamaydigan (yakka ishlatilmaydigan) juft so‘zlar. 
M.: temir-tersak, ko‘cha-kuy, bog‘-rog‘, latta-putta, enka-tinka, nest-
nobud, to‘s-to‘polon. 
• Ikkala qismi ham lug‘aviy ma’no ifodalamaydi (yakka 
ishlatilmaydi): lash-lush, gangir-gungur, apil-tapil. 
 
Juft so‘z qismlarining ma’no-munosabatiga ko‘ra turlari 
Har ikkala qismi leksik ma’no ifodalaydigan juft so‘zlarning 
qismlari ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
• Juft so‘zlarning qismlari ma’nodosh – sinonim so‘zlardan 
iborat bo‘ladi. M.: or-nomus, o‘y-xayol, kuch-qudrat, mol-dunyo, izm-
ixtiyor; sog‘-salomat, baxtli-saodatli, esli-hushli, puxta-pishiq, yakka-
yu yagona; qo‘llab-quvvatlamoq, hormay-tolmay; sekin-asta, omon-
eson, yana-tag‘in. 
• Juft so‘zlarning qismlari o‘zaro antonim – zid ma’noli 
so‘zlardan hosil bo‘ladi. M.: o‘g‘il-qiz, ota-ona, bosh-oyoq, oy-
quyosh; oq-qora, yaxshi-yomon, uzun-kalta; o‘lmoq-tirilmoq, o‘tirib-
turmoq; erta-kech, oz-ko‘p. 
• Juft so‘zlarning qismlari ma’nosi bir-biriga yaqin, ya’ni 
uyadosh so‘zlardan hosil bo‘lishi mumkin. M.: el-yurt, uy-joy, non-
choy, go‘sht-yog‘, qovun-tarvuz.  
• Ot so‘z turkumiga mansub ayrim juft so‘zlarning qismlari 
butun-bo‘lak munosabati asosida shakllangan. M.: gap-so‘z, oy-kun, 
tog‘-tosh, vaqt-soat. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling