Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Izoh: Modal so‘z turkumida so‘zlarning juftlashishi deyarli yo‘q.  ➢ Bilib oling!


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Izoh: Modal so‘z turkumida so‘zlarning juftlashishi deyarli yo‘q. 
➢ Bilib oling! Yordamchi so‘z turkumlarida juft so‘zlar yo‘q, 
lekin bog‘lovchi so‘z turkumida bitta juft so‘z bor: ammo-lekin. Bu 
istisnoli holatdir.
O‘qing qiziq! O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, sanoqli bo‘lsa-
da, ayrim juft so‘zlarning qismlari ikkita so‘z turkumiga mansub 
bo‘lishi mumkin. M.: ur-kaltak (fe’l-ot), shirin-shakar (sifat-ot), 
oh-nola (undov-ot), bor-bisot (modal-ot).
6.Juft so‘zlarning ikkinchi qismiga grammatik shakllar 
qo‘shiladi. M.: ota-ona+m+ga, o‘g‘il-qiz+lar+im=ga, asta-
sekin+roq, yiqilib-turibdi; 
7. Ayrim juft so‘zlarning qismi almashib kela oladi. Qiyoslang:
 omon-eson  eson-omon, 
 sekin-asta  asta-sekin, 
 qishin-yozin  yozin-qishin, 
kun-tun  tun-kun;
 zavq-shavq  shavq-zavq,
 do‘st-yor  yor-do‘st. 
8. Juft so‘zlarning qismlari tub-yasamaligiga ko‘ra tahlil qilinsa, 
quyidagi holat namoyon bo‘ladi: 
A. Tub-tub: aka-singil, uy-joy, daftar-kitob, avval-keyin, sekin-
asta; 
B. Yasama-yasama: issiq-sovuq, qo‘llab-quvvatlamoq, esli-
hushli, qishin-yozin, ilmiy-ommabop. 
C. Tub-yasama: uy-joyli, obro‘-etiborli, or-nomusli, bor-yo‘qlik. 
➢ Eslatma. Mazkur juft so‘zlar XGM emas, balki yangi ma’no 
ifodalaydi. Chunki, yasovchi qo‘shimchalar juft so‘zlardan yangi so‘z 
yasayapti. 
9. Juft so‘zlar gap tarkibida bitta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap 
bo‘lagi vazifasida keladi. M.: Ota-ona farzandlarining baxtini 
o‘ylaydi. Gulrux daftar-kitobini qoldirib ketibdi. Ma’ruzani asta-sekin 
yozyapmiz. 


18 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling