Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
Juft-takroriy shakllar. Juft-takroriy so‘zlar o‘ziga xos xususiy
grammatik ma’no ifodalab keladi. M.: ko‘plik ma’nosi: stol-stul, aka- uka, baland-baland, katta-katta, rasta-rasta; jamlash-umumlashtirish ma’nosi: daftar-kitob, qozon-tovoq, qo‘ni- qo‘shni, qovun-tarvuz; davomiylik: tun-kun, kecha-yu kunduz, bora- bora, yoza-yoza. ➢ Eslatma. Unutmaslik lozimki, ayrim juft-takroriy so‘zlar konversiya va kompozitsiya usuliga ko‘ra yangi leksik ma’no ifodalaydi. M: achchiq-chuchuk, oldi-sotdi, bordi-keldi, yugur-yugur (ot); kuydi-pishdi, mosh-guruch, yo‘l-yo‘l (sifat), es-es(ravish). (So‘zlaning tuzilishiga ko‘ra turlaruga qaralsin.) 13 Grammatik kategoriya (GK) ➢ Bir-biriga qiyosan olingan xususiy grammatik ma’nolar va ularning yozuvdagi ifodasi, grammatik shakllar tizimiga grammatik kategoriya deyiladi. ➢ Eslatma! GK bo‘lishi uchun kamida ikkita XGM qiyosan olinishi shart. M.: bola – birlik shaklda, bola/lar – ko‘plik shaklda . Bir-biriga qiyosan olingan birlik va ko‘plik XGM lari birlik hamda ko‘plik shaklida ifodalandi, natijada son kategoriyasi hosil bo‘ladi. Nutq jarayoniga nisbatan ish-harakatning bajarilgan- bajarilmaganligini ifodalovchi XGMlar va ularning yozuvdagi ifodasi – grammatik shakllar sistemasi fe’lning zamon kategoriyasini tashkil etadi: o‘tganman – o‘tgan zamon; o‘tyapman – hozirgi zamon; o‘tmoqchiman – kelasi zamon. HO‘ATda uchta so‘z turkumi doirasida 9 ta grammatik kategoriya mavjud. Ot so‘z turkumida 3ta grammatik kategoriya bor: Fe’l so‘z turkumida 5ta grammatik kategoriya bor: Sifat so‘z turkumida 1 ta grammatik kategoriya bor: 1. Son kategoriyasi; 2. Egalik kategoriyasi; 3. Kelishik kategori-yasi. 1.Bo‘lishli-bo‘lishsiz-lik; 2. Mayl kategoriyasi; 3. Nisbat kategoriyasi; 4. Zamon kategoriyasi; 5. Shaxs-son kategori-yasi. 1. Daraja kategoriyasi. Demak, tilimizda 9 ta grammatik kategoriya bor ekan. Bu kategoriyalarning qo‘shimchalari kategorial shakl deyiladi. Grammatik kategoriyalarning qo‘shimchalaridan boshqa shakl yasovchi qo‘shimchalar nokategorial shakllar deyiladi. Qo‘shimcha ma’lumot! R. Sayfullayeva B. Mengliyev (v.b.) larning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etgan Hozirgi o‘zbek adabiy tili nomli kitoblarida 9 ta GK berilgan. Lekin bu 9 ta GK yuqoridagi GK lardan farq qiladi. Qiyoslang, ular: 1) nisbat kategoriyasi; 14 2) o‘zgalovchi kategoriya (ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi); 3) harakat tarzi kategoriyasi; 4) bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi; 5) son kategoriyasi; 6) daraja kategoriyasi; 7) kelishik kategoriyasi; 8) egalik kategoriyasi; 9) kesimlik kategoriyasi: 9.1) shaxs-son; 9.2) zamon; 9.3) tasdiq-inkor; 9.4) mayl (modallik) [3.166.]. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling