19
Takroriy so‘zlar
Takroriy so‘zlar bir asosning takroridan hosil bo‘ladigan
so‘zlardir.
Takroriy so‘zlar barcha mustaqil so‘z
turkumlari doirasida
uchraydi. M.:
Ot:
dasta-dasta, rasta-rasta, qator-qator, quchoq-quchoq;
Sifat:
baland-baland, kichik-kichik;
Ravish:
sekin-sekin, asta-asta;
Fe’l: bora-bora, yoza-yoza;
Son:
bitta-bitta, beshta-beshta, o‘nta-o‘nta;
Olmosh:
shu-shu, o‘sha-o‘sha.
➢
Eslatma. N.
Mahmudov, A. Nurmonovlarning ona tili
darsliklariga ko‘ra
“Ikkinchi qismi birinchi qismining tovush
o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlar takroriy otlar
sanaladi”. M.:
tuz-puz, tovoq-povoq, uy-puy, choy-poy. Boshqa
manbalarda bu holat juft so‘z
deb baholanadi, biroq darslik
mualliflarining fikri to‘g‘ri.
➢
Ehtiyot bo‘ling! Biz matndan, kontekstdan, takroriy so‘zlardan
vergul bilan ajratilgan so‘z takrorlarini farqlashimiz lozim. M.:
Yaxshi, yaxshi, men buni yodlayman (Modal so‘z). Keling, keling,
to‘rga o‘ting. (to‘liqsiz gap).
Qo‘shimcha ma’limot. So‘z takrorida qismar turli shaklda bo‘ladi,
shunga ko‘ra ular quyidagi turga bo‘linadi:
1. Har ikki qismi bir xil shaklda:
tog‘-tog‘, tez-tez, ko‘p-ko‘p
kabi.
2. Birinchi
qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qism bosh va
jo‘nalish kelishigida:
ko‘pdan ko‘p, naridan beri, yildan yil(ga) kabi.
3. Birinchi qism bilan ikkinchi qism o‘rtasida
ba-, -ma
qo‘shimchalari qo‘yiladi:
yuzma-yuz, qadam-baqadam, dam-badam,
eshikma-eshik kabi.
4. Ikkinchi qismning birinchi tovushi fonetik o‘zgarishga
uchraydi:
osh-posh, ora-chora, odam-podam.
Do'stlaringiz bilan baham: