Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Abbreviatsiya usuli bilan so‘z yasalishi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 
Abbreviatsiya usuli bilan so‘z yasalishi 
Bu so‘z yasalish usuli XX asr boshlarida rus tilshunosligining 
ta’sirida o‘zbek tiliga kirib kelgan [2.205]. 
• 
Unutmang! Bu “so‘z yasalish usuli” faqat ot so‘z turkumiga xos 


27 
bo‘lib, bu usul bilan yangi so‘z mutlaqo yasalmaydi, chunki bu 
usulga ko‘ra turg‘un otli birikmalar abbreviaturalarga – qisqartma 
otli birikmalarga aylanadi. 
• 
Bizningcha, bu usulni so‘z yasalish hodisasi deb bo‘lmaydi. 
➢ Inson o‘z faoliyatida doimo oz mehnat sarflab, ko‘proq 
natijaga erishishga urinadi. Bunday nutqiy faoliyat natijasida bir 
qancha barqaror birikmalarni qisqartirish yo‘li bilan qisqartma so‘zlar 
vujudga keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi. 
Qisqartma otli birikmalar quyidagicha hosil bo‘ladi: 
1. Barqaror so‘z birikmasi qismlarning birinchi tovushlari 
(yozuvda harflari) asosida: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
DTM – Davlat Test markazi, DTS – Davlat ta’lim standartlari, IIB – 
Ichki ishlar boshqarmasi, MDH – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, 
YUNESKO – BMTning maorif fan va madaniyat masalalari bo‘yicha 
tashkiloti (inglizcha so‘zlarning birinchi harflari olingan). XTH – 
Xalqaro Gumanitar Huquq, JIMT – Jahon Intelektual Mulk tashkiloti, 
IHT – Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti, AJ – aksionerlik jamiyati, QK – 
qo‘shma korxona, FTDQ – O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika 
davlat qo‘mitasi. 
2. Barqaror so‘z birikmasi birinchi qismining birinchi bo‘g‘ini, 
qolgan qismlarning birinchi tovushlari (harflari) asosida: O‘zROAK – 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi, O‘zAS – 
O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati, O‘zMU, SamDU, BuxDU. 
3. Barqaror so‘z birikmasi birinchi va ikkinchi qismlarining 
birinchi 
bo‘g‘ini, 
qolgan 
qismlarning 
to‘la 
ko‘rinishi: 
O‘zmashxolding. 
4. Birinchi qismning birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismalarning to‘la 
ko‘rinishi: O‘zmevaxolding, Toshshaharloyiha. 
• 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling