Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Yodda tuting! So‘z yasovchilar juft so‘zlardan yangi so‘z 
yasasa-da, ularning qismlari ajratib, chiziqcha bilan yoziladai. 
IV. So‘z yasovchilar takroriy so‘zlardan ham yangi so‘z yasaydi. 
O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, takroriy taqlid so‘zlardan asosan ot 
va fe’llar yasaladi. Masalan: biz-biz+ak= bizbizak, qah-
qah+a=qahqaha, 
shar-shar+a=sharshara 
(Takroriy 
taqlid 
so‘zlardan yasalgan yasama otlarning qisimlari qo‘shib yoziladi). 
Yalt-yult+ira=yaltira, 
sharq-shurq+ira=sharqira, 
shildir-
shildir+a=shildira (Misollardan ko‘rinib turibdiki, takroriy taqlid 
so‘zlardan yasalgan fe’llarda takroriy so‘zning bir bir qismi – 
ikkinchi qismi tushib qolishi kuzatiladi).


23 
 
• 
Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishida so‘z yasovchilardan 
tashqari, 
affiksoidlar 
ham 
ishtirok 
etadi. 
Affiksoidlar 
– 
qo‘shimchaga tomon siljigan so‘zlardir. Masalan: 
-noma: talif/noma, axborot/noma, tahlil/noma; 
-xona: shifo/xona, dori/xona, qabul/xona, 
-poya: sholi/poya, beda/poya; 
-aro: xalq/aro, davlatlar/aro; 
-baxsh: shifo/baxsh, orom/baxsh. 
 
Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishida fonetik o‘zgarish
 
 
Ma’lumki, o‘zbek tili boshqa turkiy tillar qatori morfologik 
jihatdan agglutinativ tillar qatoriga kiradi. Agglutinativ tillar 
quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi:
1) nechta grammatik ma’no bo‘lsa, ularni ifodalovchi shuncha 
grammatik 
shakl 
qo‘shiladi. 
M.: 
bola+jon+lar+im+ga
(yoz+ma+say+di+m); 
 
2) grammatik shakllarning chegarasi bir-biridan aniq ajralib 
turadi; 
3) grammatik ma’noning ko‘payishi bilan, so‘zning grammatik 
shakllari ham o‘ngga qarab cho‘zilib boradi; 
4) grammatik qo‘shimchalarning qo‘shilishi asos qismning 
fonetik tuzilishini o‘zgartirmaydi. ( Izoh: So‘nggi 4-xususiyat bahsli, 
chunki ayrim so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan asos qismning 
fonetik tarkibi o‘zgaradi. M.: achi+q=achchiq, sariq+ay=sarg‘ay. 
A.U.) . 
O‘zbek tilida yozuvda ifodalanadigan fonetik o‘zgarishning uch 
ko‘rinishi bevosita so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan ham yuz beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling