Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya kabi yo‘llari bilan 
amalga oshadi. Bu ma’no ko‘chish yo‘llari leksikologiya bo‘limida 
o‘rrganiladi. M.: Haybatli sharsharalar sochar kumush zarralar. 
Otabek bizdan keyin qoladigan yolg‘iz tuyogimizdir (A.Qodiriy)
Doskaga chiqmoq. 
O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, ayrim so‘zlar vaqt o‘tishi 
bilan yangi leksik ma’no kasb etishi mumkin. M.: to‘garak (sifat: 
to‘garak (aylana) stol) – to‘garak (ot: mashg‘ulot), besh barmoq 


29 
(birikma) – besh barmoq (ot: taom), uloq (ot: echkining bolasi) – uloq 
(ot: sport turi). 
Konversiya usuli 
Kishilik jamiyatida odamlar bir manzildaan ikkinchi manzilga 
ko‘chib o‘tgani singari so‘zlar ham bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z 
turkumiga ko‘chib o‘tadi.
Ot so‘z turkumidagi konversiya hodisasiga e’tiborimizni 
qaratsak. 
Konversiya usuli yordamida sifat, son, fe’l va taqlid so‘zlarning 
quyidagi ko‘rinishlari otga ko‘chgan: 
1. Rang-tus, maza-ta’m, holat va xil-xususiyat bildiruvchi 
sifatlar: ko‘k (osmon, nasha, dollar), issiq, sovuq, achchiq-chuchuk
yosh, qari, yosh-u qari, o‘g‘il, qiz (siyoh so‘zi ham aslida sifatdan 
ko‘chgan). 
2. Ta’ziya va to‘y marosimlari bilan bog‘langan sonlar: uch, etti, 
yigirma, qirq, to‘qqiz-to‘qqiz. 
3. O‘zak holidagi fe’llar: kurash, shish, yuq, ich, yel, kengash, 
ko‘ch, qir (kelsin). 
4. O‘zak holidagi juft va takroriy fe’llar: ur-yiqit, ur-sur, baqir-
chaqir, yasan-tusan, supur-sidir, yugur-yugur, chopa-chop. 
5. Harakat nomining -v//-uv, -sh//-ish, -r//-ar, -maslik 
qo‘shimchalarini olgan sodda va juft fe’llar hamda ko‘makchi 
fe’lli so‘z qo‘shilmalari: saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, 
tanlov, tintuv, maqtov, to‘lov, o‘quv, tergov, qalov, qarov, to‘ntarish, 
o‘zgarish, qiziqish, o‘tirish, qarash, muyulish//burilish, burilish 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling