Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

7. His-tuyg‘ular: muhabbat, sog‘inch, sevgi, nafrat, iztirob. 
 
So‘roqlari 
Kim (ota, singil, xola, o‘qituvchi)? nima (daftar, gul, qush, 
bo‘ri, daraxt, orzu)? qayer (Buxoro, Vatan, qishloq)? Ushbu so‘roqlar 
nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra otning ko‘plik, egalik, kelishik hamda 
otning shintetk qo‘shimchalarini qabul qilib, o‘nlab shakllarda keladi: 
kim/lar? nima/lar? qayer/lar? kim/im? kim/ing? kim/i? kim/ning? 
kim/ni? kim/ga? kim/da? kim/dan? kim/niki? kim/gacha (v.h.) ? 
YODDA TUTING!
Otalr gap tarkibida sifat vazifasida kelib, 
sifatning qandayqanaqa? so‘rog‘ini ( tilla odam, oltin kuz, yog‘och 
eshik ), ravish vazifasida kelib, ravishning qay tarzda? qay holda? 
so‘rog‘ini ( qon yig‘lamoq, takror o‘qimoq ) qabul qilib kelishi 
mumkin! 


31 
Otning boshqa so‘z turkumlari bilan bog‘lanishi 
 
Ot gapda mustaqil hamda alohida so‘z turkumlari bilan bo‘g‘lana 
oladi. Ot bilan bog‘lanadi: ota-onaning ishonchi, sopol idish,
Mohidilning kitobi ; sifat bilan bog‘lanadi: go‘zal qiz, keng xona, 
salqin shabada; olmosh bilan bog‘lanadi: shu yurt, har bir inson; 
Son bilan bo‘g‘lanadi: o‘nta o‘quvchi, ikkinchi farzandman; fe’l 
bilan bog‘lanadi: kitobni olmoq, asarni o‘qimoq, mavzuni 
tushunmoq

ravish bilan bog‘lanadi: ko‘p odam, ozgina masalliq
erta bahor; undov so‘z turkumi bilan: oh-voh ovoz, o‘rtog‘imning 
salomi; taqlid so‘z turkumi bilan: shivir-shivir ovoz; modal so‘z 
turkumi bilan bog‘lanadi: yo‘q odam, bor mahsulot. 
 
Morfologik belgilari 
 
I. Ot so‘z turkumi yasalish xususiyatiga ega. Otlar o‘zbek tilidagi 
barcha so‘z yasalish usullari bilan yasaladi (Yasalishiga qaralsin.).
II. Ot yasovchi qo‘shimchalarga ega (Yasalishiga qaralsin.) 
III. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega: 
A. Sintaktik shakl yasovchi (egalik, kelishik) qo‘shimchalarilarga 
ega. 
B. Lug‘aviy shakl yasovchi (uy+lar,kitob+cha)larga ega. 
IV. Ot so‘z turkumi turlanish xususiyatiga ega. Ma’lumki, 
kelishilik egalik qo‘shimchalari turlovchi qo‘shimchalar deb 
yuritiladi, bu qo‘shimchalarni qabul qilgan otlar esa  turlangan otlar 
deb yuritiladi. 
V. Otning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri 3 ta grammatik 
kategoriyaga egaligidir. Ular: 
1. Son kategoriyasi: uy – uylar. 
2. Egalik kategoriyasi: daftar+im, daftar+ing, daftar+i. 
3.Kishilik kategoriyasi: kitob+ning(-ni, -ga, -da, -dan). 
VI. Ot nokategoryal shakllarga, ya’ni 4 ta vazifadosh shakllarga 
ega. Ular:
Sintetik shakl. Bu shakl o‘z navbatida ichki mazmuniy bo‘lishga 
ega: a)kichraytirish; b)hurmat; d) erkalash; e) qarashlilik; f) chegara. 
Analitik shakl. Bu shakl ko‘makchilarning bosh, belgili-belgisiz 
qaratqich, jo‘nalish va chiqish kelishigidagi so‘zlarga bog‘lanib ularni 
hokim so‘zga tobe munosabat asosida bog‘lab kelishidan hosil 


32 
bo‘ladi. M.: gul bilan bezamoq, vatan uchun kurashmoq, uy/ga 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling