SEMINAR MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR
Seminar mashg’ulotlarda talabalarda pedagogik mahoratga doir bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Seminar mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida talabalar pedagogikaga oid darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalangan holda, ma’ruza mashg’uloti jarayonida egallagan bilimlarini yanada boyitishadi hamda ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi. Seminar mashg’ulotlari amaliy topshiriqlarni bajarish bilan uzviylikda amalga oshiriladi.
SEMINAR MASHG`ULOTLARI MAZMUNI
1-MAVZU: 1-MAVZU. Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari.
1.Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.
2.Pedagogikaning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
3.Pedagogik jarayon. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogik tadqiqot metodlarining o‘ziga xosligi. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Pedagogik tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish.
TOPSHIRIQ:
Tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalangan holda Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari haqida tezis tayyorlang.
Bugungi kunda “Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o`rni va ahamiyati haqida fikr yuriting.
O‘QITISH USLUBI
|
KO‘ZLANGAN MAQSAD
|
Ko‘rgazma
|
Mavzu bo‘yicha g‘oyalarni shakllantirish, tushunish, tekshirish, tahlil, mustaqil faoliyat olib borish
|
Individual (amaliy) uslub
|
Nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni shakllantirish, rag‘batlantirish, mustaqil fikr yuritish
|
Kichik guruhlarda ishlash
|
Mavzuni to‘la o‘zlashtirishga erishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mustaqillikni oshirish, kam vaqt sarflash
|
Do'stlaringiz bilan baham: |