Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

O‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalarni ijodiy 
egallashga hamda metodik va g‘oyaviy - siyosiy e’tiqodlarni ishlab 
chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida 
belgilanadi. 
O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, 
shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda
ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari 
tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. 
Usul metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga 
oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. 
O‘qitish metodi – murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ea 
bo‘lgan 
ta’limdir.O‘qitish 
metodida 
o‘qitishning 
obektiv 
qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini 
topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va 
biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, 
shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir
ko‘rsatadi. 


50 
O‘qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ularning ko‘plab 
tasnifini keltirib chiqaradi. 
O‘qitish metodlari tasnifi – muayyan belgilar asosida tartibga 
solingan tizimdir. Eng asoslangan o‘qitish metodlari tavsiflariga 
quyidagilar kiradi: 
1. An’anaviy metod. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga 
olinadi: amaliy, ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video 
metodlar. 
2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi 
- bilimlarni egallash; 
- malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; 
- bilimlarni qo‘llash; 
- ijodiy faoliyat; 
- mustahkamlash metodlari; 
bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari
3. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: 
tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning 
xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu 
bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) 
qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; 
- reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim 
nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli 
o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi 
hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan 
ta’minlanadi. 
- muammoli bayon qilish metodi; 
- qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya 
etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni 
qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr 
yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling