Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat 
– yengilmas kuch” asarida shaxs ma’naviyatini shakllantirish
omillari va vositalari tahlili. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat 
– yengilmas kuch” asarida ma’naviyat, uni anglash, uni 
shakllantiradigan asosiy mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot 
uyg’unligi, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli 
salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog’liq 
muammolar tahlil va talqin etilgan. Bu asar aynan ma’naviyatning 
jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini ko’rsatib beruvchi, ma’naviyat 
tarixi, buguni va kelajagini yoritb beruvchi, jamiyatimiz ma’naviyatini 
shakllantirishda zarur bo’lgan muhim asar hisoblanadi. 
Bu asarda I.Karimov ma’naviyatga shunday ta’rif bergan: 
“ma’naviyat-insonni 
ruhan 
poklanish, 
qalban 
ulg’ayishga 
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-
e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, 
uning barcha qarashlarining mezonidir”. 
Haqiqatan ham ma’naviyat – inson ongi va shuurini yorituvchi nur. 
U insonlarningo’zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari 
davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimidir. Inson 
ma’naviyatini o’zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, umrining 
oxirigacha shakllantiradi. Insonning o’z ma’naviyatini rivojlantirishga 
bo’lgan ehtiyoji cheksizdir. U insonning butun ongli faoliyati 
davomida shakllanadi, rivojlanadi. Shu ma’noda ma’naviyat insonning 
ongliligini, qobiliyatini, intilishlarini ham o’z ichiga oladi. 
Insonning botiniy dunyosini, gavhar to’la tubsiz dengizga 
qiyoslash mumkin. Ma’naviyat insonning ruhiyati, o’z – o’zining 
anglashi, did-farosati, adolatni razillikdan, yaxshilikdan, yomonlikni, 
go’zallikni, xunuklikdan, oqillikni johillikdan ajrata bilish qobiliyati
aql-zakovati, ularni amalga oshirish yo’lida ongli faoliyat ko’rsatish 
va intilishi. 


70 
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning hatti- 
harakatlarida, o’zligini qaysi darajada anglashida, o’zining oila va 
jamiyatdagi o’rnini tushunishda Vatan va millatga munosabatida 
namoyon bo’lishi ushbu asarda o’z aksini topgan. Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimovning ma’naviyatga bergan ta’riflaridan meni 
xayolimni ruhi pok, irodasi baquvvat, iymoni butun, vijdoni uyg’oq 
odamni yengib bo’ladimi degan savol chulg’ab oldi. Ana shunday 
fazilatlarga ega bo’lgan xalqni-chi? Aslo. Shuning uchun ham muallif 
ma’naviyat timsolida inson, jamiyat va davlat uchun yengilmas kuch 
mqanbaini ko’radilar va bu qarashni ilmiy-falsafiy asosda asoslab ham 
ko’rsatilgan. 
Tabiiyki, butun bir mamlakat yoki xalq ijtimoiy-ma’naviy 
taraqqiyotining strategik yo’nalishlarini, bu boradagi dolzarb maqsad 
va vazifalarni belgilab, inson va uning ma’naviy olamiga xos belgi va 
xususiyatlarni yangicha qarashlar negizida yoritib berdigan bunday 
asarlar bir-ikki yilda yaratilmasligini bilamiz. O’zining ma’no-
mazmuni, mavzusi va ko’tarilgan muammolarning qamrovi, 
yo’nalishiga ko’ra noyob bo’lgan bunday asarlar nafaqat muallifning, 
balki u mansub bo’lgan xalq va millatning ko’p yillar davomidagi 
hayotiy, ijtimoiy-siyosiy tajribalari, jahonda sodir bo’layotgan 
voqealarning tahlili zaminida yaratilishi shubhasiz. Shu nuqtai 
nazardan 
Birinchi 
Prezidentimiz 
Islom 
Karimovning 
asar 
muqaddimasida uning dunyoga kelishiga sabab bo’lgan 5 ta muhim 
omil haqidagi fikrlarini bilib oilishimiz mumkin: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling