76
saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.
O‘quv adabiyotlarning turlari
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv ada-
biyotlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma,
lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, ma’ruzalar kursi,
ma’ruzalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar, metodik qo‘llanmalar,
ma’lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.
Darslik – davlat ta’lim standartida belgilangan asosiy o‘quv
materialini
qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan
mustaqil o‘zlashtirib olishga, ularda ko‘nikma
va malakalarni
shakllantirishga, kerakli o‘quv materialini mustaqil izlash va topishga,
hamda amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rgatish hamda ijodiy
qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Har bir ta’lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim
oluvchilarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan o‘z
darsliklari bo‘ladi. Darslikda nazariy ma’lumotlardan tashqari, amaliy-
tajriba va si-nov mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: