Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

tadqiqiy 
metod
Bunda 
muammo 
belgilab 
olinadi, 
muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi . 
4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov) 
qo‘yidagilar farqlanadi: 
- ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari; 
- egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish 
metodlari


51 
5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish 
(maqsadni amalga oshirishga erishish); 
6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash; 
7. Muntazam tahlil qilib borish; 
“Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va 
o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan
tasniflarga borib taqaladi. 
1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni
shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga
ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha
ishlar, 
maslahatlar, 
ko‘rsatma 
berish, 
ommaviy 
axborot,
programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar
kiradi. 
2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va 
ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish 
metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya 
mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik 
amaliyot kiradi. 
3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy 
tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting 
baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda
davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid 
adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd 
qilinadi: 
- birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va
vazifalariga bog‘liq; 
- ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga
bog‘liq; 
- uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish 
darajasiga bog‘liq; 
- to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining 
muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; 
- beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga 
bog‘liq; 
- oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti 
bilan bog‘liq; 


52 
- yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning 
tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda 
o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh 
qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini
jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga
xizmat 
qiladigan 
o‘qitishning 
shakl 
va 
metodlarini 
takomillashtirishdan iborat. 
O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda 
quyidagi komponentlarni farqlaydilar: 
- tashkilotchilik 
- ilmiy bilish; 
- kommunikativlik. 
Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yangi avlod ta’lim 
standartlarini joriy etishning zaruriy shartiga aylanib bormoqda. 
Davlatimiz 
ta’lim standartining asosini ta’lim muassasalari 
bitiruvchilarining malaka talablari kompitensiyalari belgilangan. 
Masalan, A1, A2, A2+; V1, V2, V2+ kompitensiya darajalari. Mazkur 
holatda fanni o‘zlashritishda qator yangicha yondashuvlardan 
foydalanish masalan, tabaqalashgan ta’lim yoki didaktik o‘yin 
texnologiyalaridan foydalanishga talab ortadi. 
Didaktik o‘yinlar haqida quyidagi fikr diqqatga sazovor: 
“O‘qitishda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni bilimlarga qiziqtiruvchi, 
bilish doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini 
tarbiyalovchi, o‘quvchilarni faollashtirish omillaridan hisoblanadi. 
Chunki, o‘quvchi faol fikr yuritadi, o‘zida ijodiy erkinlik sezadi” 
Didaktik o‘yinlarda foydalanishda quyidagi metodik talablarni 
e’tiborga olish talab qilinadi: 
1. O‘yinlardan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida 
foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va 
ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish 
zarur. 
2. Darslar jarayonida o‘yinlarga ....-.....(15-20) daqiqa vaqt, 
bo‘limlar bo‘yicha yirik mavzularni umulashtirish va takrorlashda esa 
butun bir darsni ajratish mumkin. 


53 
3. Har bir o‘yinni o‘tkazishdan avval unga puxra tayyorgarlik 
ko‘rilishi hamda dars materiallarining mazmuni bilan uzviy 
bog‘langan bo‘lishi lozim
1

Jahon pedagogik tajribalarni o‘rganib, taxlil qilib respublikamiz 
ta’lim tizimi va mentalitetimizga moslashtirib, dars jarayoniga tadbiq 
qilish natijasida o‘quvchilarni egallayotgan bilimlari ixtiyoriy-
majburiy tarzda o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib, tahlil 
qilishga, hatto xulosani ham o‘zlari keltirib chiqishiga o‘rgatadi. 
O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim 
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda 
boshqaruvchilik, 
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim 
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling