Buxoro davlat universitetitning pedagogika instituti magistratutra bo


Download 59.73 Kb.
bet5/10
Sana27.12.2022
Hajmi59.73 Kb.
#1067811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Birinchi bob bo’yicha xulosalar.
Birinchi bobda shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishning nazariy jihatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, biz quyidagi xulosalarga tavsiya etgan bo’lardik
1. O‘qituvchilarga kasbiy bilim berishga yo‘naltirilgan dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalari, muammoning ilmiy jamoatchilik tomonidan o‘rganilgan qirralarini tahlil qilish natijalari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy bilimini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida mavjudligini asoslash imkonini berdi.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga kasbiy bilim berishga xizmat qiladigan dasturlar, o‘quv adabiyotlarining tahlili bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodga oid bilim va tushunchalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik vositalar yetarli emasligini ko‘rsatdi.
3. Ajdodlarimizning bolalarga kasbiy ta’lim berish sohasidagi boy meroslarini tahlil qilish asosida ulardan bugungi kunda o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirishda ta’lim jarayonida keng foydalanish ehtiyoji mavjudligini ko‘rsatdi.
II BOB SHAXS KAMOLOTIDA MEHNAT TA'LIM-TARBIYASIDAN FOYDALANISH JARAYONINING MAZMUNI, USUL VA METODLARI

2.1 Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari

Didaktikaning muhim qonuniyati shaxsni rivojlantirishdan iboratdir. Ta’lim o‘qituvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi ahamiyat kasb etishi uchun, o‘qituvchidan o‘quv-biluv jarayonida ijtimoiy muhitdagiga nisbatan ko‘proq tushuncha va ma’lumot olishini ta’minlash talab etiladi. Rivojlantiruvchi xarakterdagi o‘quv-biluv jarayonini tashkil etish uchun esa, yangi omilkor pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega.


Hozirgi zamon didaktikasida ta’lim jarayonida o‘qituvchini faollashtirish asoslarining ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan tizimi yaratilgan. Bunda ta’lim jarayonida o‘qituvchilarga:
-ijtimoiy-kasbiy borliq va unda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni bilish;
-ijtimoiy-kasbiy axloq me’yorlarini o‘zlashtirish hamda uning tarkibiy qismi bo‘lgan muloqot madaniyatini egallash vazifalari ham yuklanadi.
Kasbiy ta’limning samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri-o‘qituvchilar bilimdonligining umumiy rivojlanishi, ya’ni faolligi, kuzatuvchanligi, mustaqilligi, amaliy faoliyati, fikrlashi, intellektual darajasi va irodasining rivojlanishi kabilardan iboratdir. O‘qituvchilar ongiga iqtisodga oid bilimlarni singdirish natijasida ularning mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, tejamkorlik, halollik, omilkorlik, uddaburonlik, mustaqillilik, insoniylik, intizomlilik kabi ijobiy sifatlari rivojlanadi. Bu sifatlar ularning ijtimoiy hayotga moslashishlariga katta yordam beradi.
Shunga ko‘ra ta’lim jarayoni ikki tomonlama faoliyat bo‘lib, unda jarayon sub’ekti hamda rahbari - o‘qituvchi birgalikda faoliyat ko‘rsatishi lozim. O‘qituvchi va o‘qituvchi ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro munosabatga kirishishi kerak. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi barkamol avlodni, ya’ni yangicha ongga, tafakkurga ega bo‘lgan, ma’naviyati yuksak shaxslarning ko‘payishiga olib keladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirish quyidagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling