Buxoro davlat universitetitning pedagogika instituti magistratutra bo


Download 59.73 Kb.
bet7/10
Sana27.12.2022
Hajmi59.73 Kb.
#1067811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ta’lim berishda o‘qituvchi va o‘qituvchi orasidagi muloqot turi o‘zgaradi. Har bir o‘qituvchi o‘qituvchidan yozma maslahat va topshiriq oladi. O‘qituvchi o‘qituvchi bilan individual suhbatlashishi, uning fikrlashini faollashtirib borishi, o‘qituvchini rag‘batlantirib turishi, erkin fikrlash va mustaqil ishlashga yo‘llashi ushbu texnologiyaning samaradorligini oshiradi.


Dars jarayonida foydalanish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi lozim.
1. Birinchi shart-sharoit shundan iboratki, bunday texnologiyadan foydalanish uchun, avvalambor, o‘qituvchining mayl, istagi bo‘lishi lozim.
2. Ikkinchi shart-sharoit o‘qituvchining o‘quv-biluv jarayonida mustaqil ishlash ko‘nikmalariga hamda minimum bilim hajmiga ega bo‘lishi.
3. Uchinchi shart-sharoit o‘qituvchilarning tarqatma materiallar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Modulli texnologiyadan foydalanishda quyidagi prinsiplarga amal qilish lozim.
1. Avvalambor modulli texnologiyadan foydalanishning maqsadini aniq belgilab olmoq zarur. Modulli texnologiyadan foydalanish maqsadlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) O‘quv-biluv maqsad fanning asosini o‘rganish nuqtai nazaridan belgilanadi.
b) Tezkor maqsad faoliyat usullarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
v) Aralash maqsadda o‘quv-biluv va tezkor maqsadlar birgalikda ishlatiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida asosan modulli texnologiyaning aralash maqsadli turi ishlatiladi.
2. O‘qituvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash prinsipi.
3. O‘quv materialining o‘qituvchi tomonidan o‘zlashtirilishini inobatga olish prinsipi.
Modulli texnologiyani o‘quv jarayoniga asta-sekinlik bilan tadbiq qilib borish maqsadga muvofiqdir. Mazkur texnologiyadan foydalanishning boshlang‘ich darajasida o‘qitishning an’anaviy usuli bilan birgalikda qo‘shib olib borish yaxshi natijalarga olib keladi. Keyinchalik modulli texnologiyaga o‘qitishning boshqa usul va metodlarini singdirish mumkin. Bu modulli texnologiyaning sifati va samaradorligini oshiradi.
Chunonchi, o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini modulli texnologiyalar yordamida rivojlantirishda ta’limning reproduktiv usulidan (leksiya, aralash, dialog darsi va h.k.) foydalanish katta ahamiyatga ega. Modulli texnologiya tarkibiga muammoli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha pedagogik texnologiyalarni (suhbat, musobaqa, ish o‘yinlari, konferensiya va h.k.) singdirib foydalanish natijasida o‘qituvchilar muammolarni ijodiy hal qilish, ularni yechish uchun mustaqil ravishda ma’lumotlar yig‘ish, nostandart vaziyatlarda samarali harakat qilish, fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajarishni o‘rganadilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ongiga kasbiy tushunchalarni singdirishda biz ularning aniq tafakkur qilish qobiliyatining ko‘proq rivojlanganligi, mantiqiy abstraktlash, aqliy mulohazalar hamda umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish qobiliyati esa hali u darajada shakllanmaganligini inobatga olishga harakat qildik.
O‘quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etishning ilmiy — pedagogik asoslarini yoritishdan oldin «Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi tushunchasini qisqacha izohlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Aql insonning tug‘ma ruhiy va fiziologik xususiyati bo‘lib, uning yordamida odamlar dunyoni bilib oladilar, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o‘zinikiga aylantirib o‘zlashtira oladilar. Demak, aql ilm va bilim bilan bog‘liq. Ilm mavjud, bor, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tomonidan bilib olinadigan, o‘ziniki qilib olinadigan narsadir. Ma’lumki, faoliyat ishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir.
Faoliyat insonga xos bo‘lgan, ong yordamida boshqariladigan faollik bo‘lib, ehtiyoj asosida vujudga keladi va insonni o‘zini boshqarish hamda tashqi olamni anglashga, o‘zgartirishga yo‘naltiradi.
Faoliyatni ichki tuzilishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u avvalo motiv, ehtiyoj, maqsad, operatsiyalardan (hatti-harakatlar), ko‘nikma va malakalardan tashkil topgan.
Aql real borliqni nazariy jihatdan o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, insonni fikrlash qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Aqlning asosiy ko‘rsatkichlari fikrning mustaqilligida, tanqidiyligi, chuqurligida, o‘zgaruvchanligida va izchilligida namoyon bo‘ladi.
Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi shaxsning, bu yerda o‘quvchining mavjud ilmlarni o‘zlashtirish jarayonida bilish va fikrlashni, shuningdek, intellektual madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ruhiy va jismoniy faoliyatdir. Aqliy mehnat jarayonida o‘quvchi bor ilmlarni idrok etib, o‘zlashtirib, o‘ziniki qilib oladi, ya’ni bilim oladi. Bilimni egallash murakkab jarayon bo‘lib, u insondan, eng avvalo, fiziologik jihatdan barkamollikni, ya’ni beshta asosiy sezgi organlarining but-butun bo‘lishini hamda bilim olish uchun tinimsiz mashq qilishni talab etadi. Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi jarayonidagi bilish orqali o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslari shakllana boshlaydi. Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi o‘quvchilarning o‘quv-mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonida maqsadli ravishda amalga oshiriladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni faqatgina ilmiy ta’rif va faktlardan emas, balki bilish ta’lim-tarbiyasini rivojlantiruvchi, o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish uyg‘otadigan materiallardan iborat bo‘lishi lozim.
Aqliy mehnat qobiliyatini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarning diqqati va xotirasini rivojlantirish hamda ularni samarali fikrlash malakalarini shakllantirish borasida ish olib boriladi. Xotira va uning barcha turlarini rivojlantirish ham aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi jarayonida o‘quvchilarning tafakkuri va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.O’quvchilarni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda tahlil va jamlash,taqqos l ash, umum l ashtirish, sabab - oqibat munosabatl arini aniql ash, tasniflash va tizimlashtirishga doir mashqlarning roli beqiyosdir. Taqqoslash malakasini shakllantirishda narsa, hodisalarni umumiy, o‘xshash tomonlarini aniqlash, ularning farqini bilish, shuningdek, ularning o‘zaro aloqasini bilishga yo‘naltirilgan mashqlardan foydalanish lozim.
O’quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi rivojlantirishda o‘rganilayotgan materialdan uning mohiyati va mag‘zini ifodalovchi qismini ajrata olish malakasi katta ahamiyatga ega. Albatta, aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etish o‘quvchilarda mavjud ilmlarni o‘zlashtirish bilan cheklanmaslik lozim. Pirovard natijada o‘quvchilarda ishlab chiqarish va hayotdagi muammolarni hal etishning yagona qulay yo‘lini tanlash malakasi shakllantirilishi lozim.
Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida bilish ta’lim-tarbiyasining asosini tashkil etadi. O‘quvchilarning bilish ta’lim-tarbiyasi bilimlarni idrok etish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qo‘llash bosqichlaridan iborat. Bilimlarni o‘zlashtirish voqealikdagi narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bilish ta’lim-tarbiyasidagi ikkinchi bosqich bilimlarni tushunish va umumlashtirishdir. Bilish ta’lim-tarbiyasining uchinchi bosqichi bilimlarni mustahkamlash va qo‘llashdir.
O‘quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda bilish ta’lim-tarbiyasining bosqichlari, ularning vazifalari inobatga olinishi lozim. Aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasining natijasi sifatida o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘llash lozim. Ana shundagina, aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi samarali bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etilish holatining tahlili
O‘zbekiston maktablarida hozirgi davrgacha o‘quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Turli ko‘rinishdagi o‘rta, o‘rta-maxsus kasb xunar kollejlari va akademik litseylar, oliy o‘quv yurtlari ochildi. Ularda rejalar bo‘yicha ish olib borish, bilimlar hajmiga rioya qilish, fanlarni puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning aqliy ta’lim-tarbiyasini o‘stirish, shuningdek, ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari vakillari bilan reja tuzish va uni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Natijada, barcha maktab xodimlari o‘quvchi, jamoat tashkilotlari va ota-onalar, umumjamoatchilikning e’tibori maktablarda aqliy faoliyatni, ahloqiy tarbiyani yanada yaxshilash va takomillashtirish masalasiga qaratildi. Ta’lim-tarbiyaning mohiyati o‘sha davr talabidan kelib chiqqan holda hukmron g‘oya asosida tushuntirildi.
1940 yilda lotin grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvini rus grafikasiga asoslangan imloga o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori darajaga ko‘tarish hamda o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida xalq Maorifi Komissarligi tomonidan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan juda ko‘p qaror va ko‘rsatmalar berildi. 1943 yil 14 iyulda esa 8 yoshdan majburiy ta’limga jalb etish haqida qaror qabul qildi va uni qat’iy bajarilishi nazoratga olindi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda Uzbekistonda maktablar tarmog‘ining rivojlanish xususiyatlaridan biri urushning birinchi yillarida boshlangan yetti yillik maktablar sonining o‘sishi bo‘ldi. Bunday holatga urush munosabati bilan maorif sohasida yuz bergan qiyinchiliklar, birinchidan, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning yetishmasligi, ikkinchidan, maktablar tarmog‘ining qisqarib ketganligi, uchinchidan, maktablar binosining yetishmasligi, to‘rtinchidan, o‘qituvchilar sonining kamligi, beshinchidan, maktab va undagi ta’lim-tarbiyani jonlashtirish uchun kerakli ashyolarning tanqisligi va boshqa shunga o‘xshash sabablar ham asosiy turtki bo‘ldi.
1949 yilda umumiy majburiy yetti yillik ta’limga o‘tildi. Bu mamlakat madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi. 1949 yilning yanvar oyidan boshlab bolalarni yetti yillik umumiy ta’lim maktablarida o‘qitishni joriy qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ittifoqdagi respubli-kalarning hammasida ham ana shunday qarorlar qabul qilindi va hayotga tatbiq etila boshlandi. Ana shu qaror asosida maktabdan olisda yashaydigan bolalar uchun ko‘plab maktab-internatlar tashkil qilindi, bolalarning maktabga qatnashini ta’minlash uchun maxsus transportlar qatnovi uyushtirildi. Ittifoqdosh va avtonom respublikalarning xalq maorifi bo‘g‘inlari qizlarni yetti yillik maktablarga tortish uchun juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Shu bilan birga yetti yillikni bitirib chiqqanlarni to‘liq o‘rta maktabning yuqori sinflariga tortishishi ham bir muncha yaxshilandi. Albatta, qabul qilingan qarorlar va yo‘riqnomalar muayyan darajada ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilashga sabab bo‘ldi, lekin rus alifbosiga o‘tishning dastlabki yillarida aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda juda katta muammolarni yuzaga keltirdi.
Maktabning turmush bilan bog‘lanishini mustahkamlash to‘g‘risida xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish haqidagi qonunlari asosida Uzbekiston maktablarida qator ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1959-1975 yillar mobaynida maktab o‘quv-tarbiya ishlarining majmuasi o‘quvchilarni haqiqatan bilimli, har tomonlama yetuk, faol va ongli kishilar qilib tarbiyalashga qaratildi. Bu davrga kelib respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog‘i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilar soni o‘sdi, jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi, pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog‘i kengaytirildi, maktablarning o‘quv moddiy bazasi mustahkamlandi, o‘quv rejalari va dasturlari takomillashtirildi, yangi darsliklar va uslubiy materiallar yaratildi. Buning barchasi, albatta, o‘sha davr ideologiyasi nuqtai nazaridan maktab, ta’lim-tarbiya ishining jadal sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashi lozim edi.
1970-1990-yillarda umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qildi. Xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimi, shuningdek, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o‘quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1966 yilda qabul qilingan «Umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida», 1972 yil 20 iyuldagi «Yoshlarni umumiy o‘rta ta’limga o‘tkazishni tugallash va umumta’lim maktablarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida», «qishloq umum ta’lim maktabining ish sharoitini yanada yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida», «Mamlakatda oliy ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida», «Umum ta’lim maktablarining o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishni va ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1972-1977 yillar mobaynida qabul qilingan qarorlari asosida respublikamizda bir muncha ishlar amalga oshirildi.
Ta’kidlash lozimki, 1972-yilda qabul qilingan qaror o‘quvchilarning psixologik-individual xususiyatlarini inobatga olgan holda shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan edi. Mazkur qarorlar asosida respublika xalq maorifi tizimida mehnat ta’limi va tarbiyasi, ayniqsa, ijtimoiy foydali, aqliy mehnat hamda o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Maorif tizimining barcha bo‘g‘inlarida jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yosh avlodning kamolotga yetishi va shaxs sifatida shakllanishiga amalda kam e’tibor berildi. Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarini isloh qilishni taqozo etdi.
1984 yilda xalq ta’limi tizimi yuzasidan qabul qilingan qaror muhim ahamiyat kasb etdi. Lekin, u ham o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmadi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasini rejalashtirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar kun sayin, oy sayin, yil sayin takrorlanaverdi, bu haqda to‘xtovsiz gapirildi-yu, lekin ularni bartaraf etish borasida aniq reja bo‘lmadi. Bunda o‘qituvchi ham ba’zan natijanigina ko‘rdi-yu, kamchiliklar ildizi chetda qoldi, tahlil qilinmadi, oldin kamchilik sababini yo‘qotib, keyin natijani o‘rganishga harakat qilinmadi.
Ta’lim jarayonida aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘quvchining yangi mavzu bilan ilgarigi o‘zlashtirilgan mavzu nisbatini belgilay olishiga bog‘liq bo‘lib, u aqliy mehnat ta’lim-tarbiyasi tabiatidan kelib chiqadi: qachonki yangi mavzu yaxshi ma’lum bo‘lgan mavzuga bog‘lanib mahkamlansa, u mustahkam o‘zlashtiriladi. Bu masala ham tahlil qilinayotgan qarorda belgilangan, ammo uning yechimi yo‘q edi.
Umumiy va o‘rta hunar ta’limining yangi qurilishi o‘qitish uchun ham, bilim olish uchun ham ancha qulay hisoblanar edi, lekin bu fikr ilmiy asoslanmagan edi. Birinchi bosqichda o‘quvchilarda zarur bo‘lgan o‘qish, yozish malakalari shakllantiriladi, doimiy mehnat qilish odati singdiriladi.
Ikkinchi bosqichning vazifasi esa o‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, umuminsoniy, umummadaniy ahloq mezonlari haqidagi qarashlarini shakllantirishdan iborat edi.
Uchinchi bosqichda esa umumiy zaruriy fanlar bilan bir qatorda mustaqil ravishda bilimlarini, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida qobiliyatlarini o‘stirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematik, texnik, qishloq xo‘jaligi va boshqa fanlardan chuqur bilim olish ikoniyatiga ega bo‘lish nazarda tutilgan edi. Bunday maktablarda har uchala bosqichda ham o‘quvchilarga mehnat ta’limini berish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga o‘rgatishni samarali tashkil etishi nazarda tutilgan edi.
Shu bilan umumiy ta’lim va hunar maktabining bir-biriga yaqinlashuvi yagona mehnat, politexnika maktabi vujudga keltirildi. O‘rta umumiy ta’lim maktabining XI sinfini bitirib chiqqan yoshlar uchun bir qator qulayliklar mavjudligi ham ko‘rsatilgan edi:
1. O‘qish jarayonida olgan mehnat malakalari asosida xalq xo‘jaligining biror tarmog‘ida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.
2.Biror bir kasb bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lish uchun o‘rta-hunar texnika bilim yurtlarining bir yillik kurslarida tahsil olishlari mumkin.
3. O‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida yoki oliy o‘quv dargohlarida o‘qishni davom ettirishadi.
O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi. Shuningdek, bunday maktablarda ta’lim va tarbiya berish sifati, ishni to‘g‘ri rejalashtirishga alohida e’tibor berish ham nazarda tutilgan edi. Umumiy o‘rta va hunar ta’limining qurilishi o‘zgarishi bilan oliy o‘quv yurtlari kontingentlarini shakllantirishning ijtimoiy bazasi kengaytirildi. Bunday bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqildi.
Umumiy o‘rta va hunar ta’limining qurilishi o‘zgarishi unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, usullari ham samarali tashkil etilishini taqozo etadi. Yosh avlod ongiga fan asoslarini chuqur va mustahkam singdirish, barkamol, jamiyat taraqqiyoti talablariga mos qilib tarbiyalash maktablarning muhim vazifasi edi. Buning uchun islohot talab etgandek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari, o‘quv darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha, ikkinchi darajali materiallardan xalos etishdan iborat edi. O‘quv fanlarining amaliy yo‘nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim mazmunining politexnik yo‘nalishni ta’minlash masalasi, asosan, amalga oshirilishi qarorda ko‘rsatilgan edi. O‘quvchilar zamonaviy hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter vositasida maxsus maktablar, maktablararo kabinetlarda bilim, malaka va ko‘nikmalar olishga muyassar bo‘lishlari lozim edi. Maktablarda fan asoslarini o‘rganishda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida, oila va jamoatchilik o‘rtasida o‘quvchiga beriladigan g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy tarbiya kompleks ravishda hal etishi ham ko‘rsatilgan.
Isloh talablari asosida yosh avlodni har tomonlama shakllangan kishilar qilib tarbiyalash, bilim sirlarini puxta o‘zlashtirishlari, fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini ta’minlash uchun ta’limning ma’ruza, seminar, suhbat, tajriba, maslahat berish usullaridan o‘z o‘rnida foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligining garovi bo‘lishi o‘sha davr talabi edi. Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ahloqiy, badiiy va estetik tarbiya berishga alohida ahamiyat berildi, o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerakligi ta’kidlangan edi.
Yosh avlod oniga fan asoslarini chuqur va mustahkam singdirish, barkamol, jamiyat taraqqiyoti talablariga mos qilib tarbiyalash maktablarning muhim vazifasi edi. Buning uchun islohot talab etgandek, ta’limning mazmunini takomillashtirish zarur. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning muhim shartlari o‘quv dasturlari, o‘quv darsliklari materiallarini o‘quvchilarning yoshiga mos holda soddalashtirish, ortiqcha, ikkinchi darajali materiallardan xalos etishdan iborat. O‘quvchilar zamonaviy hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter vositasida maxsus maktablar, maktablararo kabinetlarda bilim, malaka va ko‘nikmalar olishga muyassar bo‘lishlari lozim edi. Maktablarda fan asoslarini o‘rganishda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida, oila va jamoatchilik o‘rtasida o‘quvchiga beriladigan g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy tarbiya kompleks ravishda hal etish masalalari juda asosli qilib ko’rsatilgan.


Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling