Buxoro davlat universitetitning pedagogika instituti magistratutra bo


Yuqori darajali murakkablikda o‘qitish


Download 59.73 Kb.
bet6/10
Sana27.12.2022
Hajmi59.73 Kb.
#1067811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1. Yuqori darajali murakkablikda o‘qitish. Materialni taqdim etishning qiziqarli va hammabopligiga qaramay, kasbiy atama va tushunchalarni o‘zlashtirish bo‘lajak o‘qituvchilar uchun birmuncha qiyin vazifa hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o‘qituvchi tirishqoq bo‘lishi, ba’zida boshqa o‘qituvchi yoki o‘qituvchining yordamiga murojaat etishiga to‘g‘ri keladi.
2. Materialning tezkorlik bilan o‘zlashtirilishi. Har bir darsda o‘qituvchilar yangi iqtisodga oid material bilan tanishadilar yoki ilgari o‘zlashtirilgan iqtisodga oid materialning yangi qirralariga duch keladilar.
3. Nazariy bilimlarning yetakchi o‘rin egallashi hamda kasbiy hodisalar bilan muvofiqligi. Nazariy bilimlarning yetakchiligi o‘rganilayotgan savollar poydevori bo‘lgan iqtisodga oid asosiy tushuncha va kategoriyalarning mohiyatini aniqlash va tushunib yetish hamda zaruriy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdan iboratdir.
4. O‘qitish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish o‘qituvchilarda o‘rganilayotgan iqtisodga oid materiallarni boshqa o‘quv fanlari hamda atrof-muhit bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirishdan iboratdir.
5. Barcha o‘qituvchilarning samarali o‘zlashtirish. Kasbga oid tushunchalar doirasida, har bir o‘qituvchiga uning hayoti uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar taqdim qilinadi. Bu jarayonda ular qobiliyatlarining rivojlanishi va individualliklarining ochilishiga erishish, sinfda o‘zaro ishonuvchanlik muhitini vujudga keltirish uchun o‘qituvchilarni pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash lozim.
Kasbiy bilim, tushunchalarni taqdim etishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari va didaktik modullarning o‘ziga xos jihati shundaki, bu bilimlar kundalik ijtimoiy munosabatlar, shaxslararo muloqot jarayonida tezkor tarzda mustahkamlanadigan va ko‘nikma-malakalarga aylanadigan bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Bu ko‘nikma va malakalarning har tomonlama boy, serqirra va uzviy aloqadorlikda rivojlanishini ko‘zda tutish lozim.

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling