Buxoro davlat universitetitning pedagogika instituti magistratutra bo
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Download 59.73 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ish maqsadi
- vazifalari
- Kurs ishning metodologik asoslari
- Kurs ishning ilmiy yangiligi
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bugungi shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish muammosi yuzasidan S.Inoyatova, Sh.Bo‘ronova, N.Odinaeva, X.Asadov, Yu.Suvonov, A.Hojimatov, X.Qurbonniyozova, D.Kelidyorov, R.Mavlonova, M.Haydarov, J.Dusanov, O.Choriev, F.Ro‘ziqulovlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar-da, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar yaratish ishlari sustkashlik bilan amalga oshirilmoqda. Buning sababi, mazkur sohada olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari hamda ularning tayyorgarligining ayrim metodik qirralarigina tadqiq qilingandir. J.Rasulov, S.Madiev, A.Nurmatova, O‘.Jo‘raev, L.Mahmudova, G.Durdieva, Sh.Ravshanovalarning tadqiqot ishlari bunga misol bo‘la oladi.
S.Inoyatovaning ilmiy tadqiqot ishi esa boshlang‘ich sinfda o‘qitish jarayonida aqliy mehnatini tashkil etishga bag‘ishlangandir. So‘nggi yillarda Rossiyada M.M.Vinokurova, Z.I.Dobrinina, I.V.Yermakova, A.Maksimov, L.Usova, A.S.Nisimchuk, T.A.Protasevich, S.Ravichev, S.Grigorev, B.A.Rayzberg, I.B.Soloveva va A.T.Stepaninalarning yuqori sinf o‘quvchilari, L.M.Klarina, L.V.Kno‘sheva, O.I.Menshikova, I.A.Sasova, I.I.Nagumanova, Ye.N.Zemlyanskaya, M.M.Firsova, T.V.Smirnova hamda T.N.Prosnyakovalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv hamda metodik qo‘llanmalari chop etilgan Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish yo‘lida bir qator harakatlar amalga oshirildi. M.Abdalimov, B.Karimov va Sh.Shomansurovlarning uslubiy-amaliy qo‘llanmasi, Z.Valieva va Yo.Muhibovlarning o‘quv qo‘llanmasi hamda B.Karimov, B.Toshmurodov, A.Suvonqulov, Z.Shokirova, I.Uzoqov va X.Xudoyqulovlarning matbuotda nashr etilgan maqolalari fikrimiz dalilidir. Kurs ish maqsadi: Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni o‘rganish. Kurs ish obyekti: boshlang‘ich ta’lim jarayoni. Kurs ish predmeti: Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish jarayonining mazmuni, usul va metodlari Kurs ishning vazifalari: Mavzuga oid ilmiy, metodik, pedagogik, psixologik hamda tarixiy-falsafiy manbalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy foydali mehnatga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish dolzarb pedagogik muammo ekanligini aniqlash. Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishning mavjud holatini o‘rganish. Ajdodlarimizning ta’lim berish sohasidagi meroslarini o‘rganish va ulardan foydalanish. Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishning pedagogik asoslarini belgilash. Kurs ishning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalarida bayon qilingan ta’limni isloh qilish, o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonligini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini o‘stirishga oid yondashuvlar, qarashlar, ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik manbalar, o‘zbek xalqining tarixiy tajribalari. Kurs ishning ilmiy yangiligi: 1. Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish texnologiyalari mavzusi dolzarb pedagogik muammo ekanligi asoslandi. 2. Shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish texnologiyasi darajasining mavjud holati o‘rganildi. 3. Ajdodlarimizning shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanish sohasidagi meroslari o‘rganildi. 4. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini shaxs kamolotida mehnat ta'lim-tarbiyasidan foydalanishga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga oid texnologiyalar tanlandi va ularning samaradorlik darajasi aniqlandi. Download 59.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling