Maktab direktori : ______________ I.A.Muhammadiyev
2021-yil 3-aprel
___-sonli
Buxoro tuman 10-umumta’lim maktabi
direktorining 2021-yil 3-apreldagi
buyrug‘iga ilova
10- umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida
“Muhammad Yusuf – el ardog‘idagi shoir” she’rxonlik tanlovini o‘tkazish to‘g’risida
NIZOM
Mazkur nizom umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy saviyasini oshirish, og’zaki nutqini shakllantirish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash tartibini belgilaydi.
Umumiy qoidalar
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.
“Muhammad Yusuf – el ardog‘idagi shoir” tanlovi maktab boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Tanlov umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o‘quvchilarining she‘rni ifodali aytish, o‘qish texnikasi va og‘zaki nutqiy savodxonligini oshirish, o‘z fikrini mustaqil bayon eta olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Tanlovning vazifasi
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning zahirasini shakllantirish, 4 – sinf o‘quvchilarini keyingi ta’limga yo‘naltirish, iqtidorli o‘quvchilarni fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorlab borish.
Tanlovni o‘tkazish vaqti va tartibi
1-4- sinf o‘quvchilarining tanlovga ishtirok etishi ixtiyoriy. Tanlov umumta’lim maktabida 2021-yil 23-aprelda o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |