216. Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar.
173-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga:
1) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
2) huquqiy munosabatni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, agar bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
3) talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
4) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
217. Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizani qaytarish asoslari.
176-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning 172-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda berilgan bo‘lsa;
2) ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
3) arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;
4) davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) sud buyrug‘i berilguniga qadar undiruvchidan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish haqida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ushbu ariza bilan sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
218. Sud buyrug`ini berish to`g`risidagi arizani rad etish asoslari.
175-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar:
1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
2) qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda bo‘lsa;
3) huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa.
Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |