Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari


Download 1.05 Mb.
bet108/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

25-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya rad qilingan taqdirda ish fuqarolik ishlari bo‘yicha shu tumanlararo, tuman (shahar) sudida, lekin boshqa sudya tomonidan ko‘riladi yoki ko‘rish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha boshqa tumanlararo, tuman (shahar) sudiga o‘tkaziladi.
Ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida ko‘rilayotganda sudya yoki sudning butun tarkibi rad qilingan taqdirda, ish shu sudning o‘zida, lekin sudning boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar yoki Toshkent shahar sudlarida ushbu Kodeksning 21-moddasida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad qilish qanoatlantirilganidan keyin mazkur ishni ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini tuzish imkoni bo‘lmasa, ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘tkazilishi kerak. Bunday holda ish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘riladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining farmoyishiga binoan boshqa tegishli sudga ko‘rish uchun yuboriladi.

225. Sud hujjatlari tushunchasi va turlari.
6-modda. Sud hujjatlari
Sud ko‘rilayotgan va hal etilayotgan masala bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudi ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qiladi, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan hollarda esa sud buyrug‘i qabul qiladi.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Sud qonunda o‘zining vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror chiqaradi.
Sud ish mazmunan hal etilmaydigan masalalarni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.


226. Sud hujjatlari ustidan protest keltirish.
Sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berish mumkin.
shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;

  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);

  • shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;

  • hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;

  • shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;

  • shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling