Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Sud xarajatlarining turlari


Download 1.05 Mb.
bet116/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

127-modda. Sud xarajatlarining turlari
Sud xarajatlari davlat boji va ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlardan iborat bo‘ladi.

249. Davlat bojini amalga oshirish turlari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha undiriladigan davlat boji fuqarolik ishini ko‘rib hal qilganlik uchun davlat daromadiga undiriladigan pul summasi hisoblanadi. Soliq kodeksining 328-moddasiga ko‘ra, umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji quyidagilardan undiriladi:
• sudlarga beriladigan da'vo arizalaridan;
• organtarning va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlardan;
• alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan;
• sudlaming qarorlari ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida pratest keltirish to‘g‘risidagi shikoyatlar va arizalardan;
• hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan;
• sudlar tomonidan hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun.

250. Sud xarajatlarini taraflar o`rtasida taqsimlash
138-modda. Sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash
Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan, garchi bu taraf davlat daromadiga tushadigan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa-da, ish bo‘yicha qilingan hamma xarajatlarni undirib beradi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan bo‘lsa, ushbu moddada ko‘rsatilgan summalar javobgardan da’vogarga talablarning sud tomonidan qanoatlantirgan qismiga mutanosib ravishda, javobgarga esa da’vogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirib beriladi.
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilganda sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Agar da’vogar tomonidan neustoykani undirish haqidagi talab asosli ravishda arz qilinib, biroq uning miqdori sud tomonidan kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlari neustoykaning kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.
Agar yuqori turuvchi instansiya sudi ishlarni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormay, chiqarilgan hal qiluv qarorini o‘zgartirsa yoki yangi hal qiluv qarorini qabul qilsa, u sud xarajatlari taqsimotini tegishincha o‘zgartiradi.
Ushbu moddada bayon qilingan qoidalar apellatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berganda taraflar to‘lagan davlat bojiga ham taalluqlidir.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling