236. Sud muhokamasi tushunchasi va uning ahamiyati.
201-modda. Ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari
Sudya arizani qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarganidan so‘ng ishni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqish hamda hal qilish maqsadida uni sud muhokamasiga tayyorlaydi.
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalari quyidagilardan iborat:
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni ko‘rishda amal qilinishi lozim bo‘lgan qonunni aniqlash;
taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni aniqlash;
ishni hal qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar doirasini aniqlash va ularning o‘z vaqtida sud majlisiga taqdim etilishini ta’minlash;
ishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan shaxslar tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish;
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur bo‘lgan dalillarni taqdim etilishi;
taraflarni yarashtirish.
237. Fuqarolik prosessual huquqiy munosabatlar vujudga kelishi va bekor bo`lishi
Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar ma'lum asoslar va omillar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar vujudga kelishining quyidagi uch sharti nazarda tutiladi:
• protsessual huquq normalari;
• yuridik faktlar;
• huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq layoqati.
Darhaqiqat, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi asosiy omil sifatida protsessual huquq normalari e’tirof etiladi. Fuqarolik protsessiga kirishish yoki sud tomonidan protsessga jalb etilish tartibi fuqarolik protsessual huquq normalarida nazarda tutilgan bo‘ladi
238. Sud muhokamasining oshkoraligi deganda nimani tushunasiz?
12-modda. Sud muhokamasining oshkoraligi
Barcha sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi.
Davlat siriga, farzandlikka olish siriga taalluqli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ishlar bo‘yicha va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishning muhokamasi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lishining oldini olish, yozishmalar sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash maqsadida yopiq sud muhokamasi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ish sudning yopiq majlisida ko‘rilayotganida ishda ishtirok etuvchi shaxslar, zarur hollarda esa guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ham hozir bo‘ladi.
Ishni sudning yopiq majlisida eshitish fuqarolik sud ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda olib boriladi. Sudning yopiq majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari taraflarning roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |