Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Sud majlisi zalidagi tartib


Download 1.05 Mb.
bet111/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

212-modda. Sud majlisi zalidagi tartib
Sudyalar majlis zaliga kirib kelganida va undan chiqib ketayotganida zalda hozir bo‘lganlarning barchasi o‘rnidan turadi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolar, agar ular ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar bo‘lmasa, sud majlisi zaliga qo‘yilmaydi.
Sud jarayoni ishtirokchilari sudga “Hurmatli sud!” degan so‘zlar bilan murojaat qiladi. Ular sudga o‘z tushuntirishlari va ko‘rsatuvlarini, savollarga javoblarini tik turib beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, shuningdek sud majlisi zalida hozir bo‘lgan barcha fuqarolar sud majlisida belgilangan tartibga rioya etishi va raislik qiluvchining farmoyishlariga so‘zsiz bo‘ysunishi shart.
Alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilingan sud hujjatini sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning barchasi tik turib eshitadi.

234. Sud majlisida raislik qiluvchi.
211-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Sud majlisida shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Sud majlisida raislik qiluvchi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) sud majlisini boshqarib, ishning barcha holatlari, taraflarning huquq va majburiyatlari to‘liq, har tomonlama va xolisona aniqlanishini, sud protsessining tarbiyaviy ta’sirini ta’minlaydi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan hamma narsani sud muhokamasidan chetlatadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan, guvohlardan, ekspertlardan, mutaxassislardan, tarjimonlardan birortasi raislik qiluvchining xatti-harakatlariga e’tiroz bildirgan taqdirda, bu e’tirozlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va masala sud tomonidan hal qilinadi.
Raislik qiluvchi sud majlisida tegishli tartibni ta’minlash uchun zarur choralar ko‘radi.

235. Sud majlisining bayonnomasi.
Bayonnoma mazmuni
Sud majlisi bayonnomasida ish muhokamasining yoki alohida protsessual harakatlarni amalga oshirishning barcha muhim jihatlari aks ettirilishi kerak. Sud majlisi bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) sud majlisi bo‘lib o‘tgan yil, oy, kun va joy;
2) sud majlisi boshlangan va tamomlangan vaqt;
3) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, hamda sud majlisining kotibi;
4) ishning nomi va raqami;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovga ko‘maklashayotgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) sudning taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirganligi;
7) ushbu moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan shaxslarga sud chaqiruv qog‘ozlari va boshqa xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risidagi hamda ular sud majlisiga kelmaganligining sabablari haqidagi ma’lumotlar;
8) raislik qiluvchining barcha farmoyishlari va sudning alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqmasdan chiqargan ajrimlari;
9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari;
10) sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
11) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning tushuntirishlari, ashyoviy va yozma dalillarni ko‘zdan kechirishga taalluqli ma’lumotlar;
12) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri;
13) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Sud majlisining bayonnomasi audio- va videoyozuv vositalaridan foydalangan holda to‘xtovsiz yozib boriladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi bayonnomasiga yoki alohida protsessual harakatlarni bajarish haqidagi bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi, unga tegishli yozuv kiritiladi.
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda ko‘maklashayotgan sudning nomi haqidagi;
ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan, sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishiga ko‘maklashayotgan sudning va ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha xodimlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling