Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Davlatga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash


Download 1.05 Mb.
bet26/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

141-modda. Davlatga sud xarajatlarining o‘rnini qoplash
Ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan va da’vogar to‘lashdan ozod qilingan sud chiqimlari hamda davlat boji javobgardan arz qilingan talablarning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari da’vogardan davlat daromadiga undiriladi.
Agar arz qilingan talablar qisman qanoatlantirilgan, javobgar esa sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinmagan da’vogardan talablarining rad etilgan qismiga mutanosib ravishda davlat daromadiga undiriladi.
Agar har ikki taraf ham sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilingan bo‘lsa, sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlari davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Javobgarni qidirish ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda e’lon qilingan taqdirda, sud qidiruv ishi bo‘yicha qilingan xarajatlarni javobgardan davlat daromadiga undiradi.


  1. Davogar va uning protsessual huquq va majburiyatlari yoriting.

43-modda. Taraflar
(1-qism)Da’vogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir.
(2-qism)O‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxs da’vogardir.
44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli.
Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling