Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida
E`tiroz va qarshi da`vo tushunchalarini yoritib bering
Download 1.05 Mb.
|
fpk javoblari 5semestr BAWAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Da’vo qo‘zg‘atish
51.E`tiroz va qarshi da`vo tushunchalarini yoritib bering.
Da'voga qarshi e'tiroz bildirish Javobgar o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan da'voni inkor etishi va buning sabablari (vajlari)ni ko‘rsatishi mumkin. Da'voni bunday asoslantirilgan ravishda inkor etishga e'tiroz deb aytiladi. E’tiroz o‘zining sohaviy tavsifi va mazmuni bo‘yicha moddiy- huquqiy va protsessual-huquqiy jihatlarga ajratiladi. Da'voga qarshi javobgarning moddiy-huquqiy himoyasi moddiy huquq borasida mazkur da'voning mohiyati bo‘yicha tan olmaslikda namoyon bo‘ladi. Masalan, javobgar da'vogarning talabi asoslangan qonun yoki o‘zga normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligini yoxud mazkur qonun yoki normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan, deb ta'kidlashi va ushbu holatni isbotlashi mumkin. Javobgar moddiy huquq me'yorlari nazarda tutgan da'voning barcha yoki alohida asoslarining yo‘qligiga da'vo muddati o‘tganligini ko‘rsatishi mumkin. Da'voga qarshi moddiy-huquqiy e'tirozlaming mazmuni da'vogar suddan talab qilgan subyektiv moddiy huquq turli sabablarga ko‘ra, mavjud emasligi haqidagi dalillami keltirishdan iboratdir. Da'voga qarshi e'tirozlaming sud tomonidan e'tiborga olinishi oxir-oqibat da'vogarning da’vo talablari qanoatlantirilishini rad etishga, javobgarning manfaatlariga xizmat qiluvchi hal qiluv qarorining chiqarilishigi xizmat qiladi. Da’voga qarshi protsessual huquqiy e’tiroz — bu mazkur sud jarayonining haqiqiy emasligini isbotlashga qaratilgan javobgar tomonidan bildirilgan dalildir. Masalan, javobgar umumiy yurisdiksiya sudiga fuqarolik ishining tegishli emasligini ko'rsatib, uni tegishlicha isbotlashi mumkin. Bu esa sud tomonidan ish yuritilishini tugatilishiga olib keladi. Da’vo qo‘zg‘atish Sudga murojaat qilayotgan shaxslar fuqarolik protsessual qonunchilikda belgilangan shartlar va tartibga rioya qilishlari talab etiladi. Zero, FPKning 1-moddasida har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilangan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, sudga murojaat qilayotgan shaxslarga qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish majburiyatini ham yuklaydi. Sudda da'vo ishlarini qo‘zg‘atishning asosiy shartlaridan biri sudga murojaat qiluvchi shaxslar doirasini to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir. FPKning 5-moddasiga muvofiq, sud fuqarolik ishini quyidagi hollarda qo‘zg‘atadi: 1) o'zining huquqi yoki qonun bilan qo'riqlanadigan man- faatini himoya qilishni so'rab murojaat qilgan shaxsning arizasi bo'yicha; 2) prokuroming arizasi bo‘yicha; 3) agar davlat boshqamvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq boshqa shaxslaming huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli bo'lsalar, ularning bergan arizalari bo‘yicha. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling