Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish


Download 1.05 Mb.
bet54/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

109. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.

110. Guvohning huquq va majburiyatlari.
7-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi shart.
Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek ko‘rsatuvlar berishdan bo‘yin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solinishi guvohni sudga kelish va ko‘rsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi.
Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
111. O`zbekiston Respublikasining davlat boji to`g`risidagi tushunchasi va mazmuni
128-modda. Davlat boji
Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashdan ozod qilish, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling