174-modda. Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizadan qonunchilikda da’vo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi.
Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘langan davlat boji to‘lanishi lozim bo‘lgan bojga qo‘shib hisoblanadi.
112. Hal qiluv qarori qabul qilishda yechiladigan masalalar.
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda yechiladigan masalalar
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi.
Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.
113. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko`rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish.
261-modda. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish
Sud hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra tuzatishi mumkin.
Hal qiluv qarori yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |