Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Hal qiluv qarorining kuchga kirishi


Download 1.05 Mb.
bet58/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

118. Hal qiluv qarorining kuchga kirishi.
264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni apellatsiya instansiyasi sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o‘sha asoslar bo‘yicha yangidan o‘sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi bo‘yicha boshlangan bo‘lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy to‘lovlarni (alimentlar, sog‘liqqa shikast yetkazilganda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bog‘liq to‘lovlar va hokazo) undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin to‘lovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga ta’sir etuvchi holatlar jiddiy ravishda o‘zgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yo‘li bilan to‘lovlarning miqdori va muddatini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.

119. Hal qiluv qarorining mazmuni.
253-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan vaqt va joy, hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi..
Hal qiluv qarorining bayon qismi o‘zida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini aks ettirishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar, sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligi haqidagi xulosalari, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilishi kerak. Arz qilingan talab javobgar tomonidan tan olingan taqdirda, asoslantiruvchi qismda faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi yoxud qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosasi bo‘lishi, sud xarajatlarini taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi ko‘rsatilishi kerak.


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling