124. Isbotlashdan ozod qilish asoslari.
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.
Ishlarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas va iqtisodiy yoki ma’muriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi.
125. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini o`zgartirish, manzilini o`zgarishi.
163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini o‘zgartirish, manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini o‘zgartirganligi, manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzil bo‘yicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki bo‘lmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni xabardor qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |