Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari


Download 1.05 Mb.
bet51/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish;
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.

101. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirok etishi shart bo`lgan holatlar.
50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
307-modda. Ish muhokamasida prokurorning ishtiroki
Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi ishlar albatta prokurorning ishtirokida ko‘riladi.


102. Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini ta`minlash tushunchasi va ahamiyati.
Davlat boshqaruv oiganlari protsessga qonunda ko'rsatilgan hollarda o‘z vakolatlari doirasida ish yuzasidan xulosa berish maqsadida jalb qilinishlari yoki sud tashabbusi bilan kirib kelishlari mumkin. Prokuror esa boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ishni ko'rishda ishning mohiyati bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish maqsadida boshidan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Fuqarolik protsessida prokuror suddagi vakildan ham ajralib turadi. Prokuror kimningdir «shaxsiy» manfaatlarini himoya qiluvchi vakil bo‘lib emas, balki qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori vakolatlarini ta’minlab, boshqa shaxslaming huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib ishtirok etadi. Boshqa shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib ish qo‘zg‘atar ekan, prokurorga boshqa shaxslar tomonidan vakolatlar berilishi talab etilmaydi, u da'voni o ‘z nomidan taqdim etib, o‘z harakatlarini faqat qonunga asoslangan holda olib boradi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling