Tabiati - Tabiati
- B. B.ning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shim.g’arbi toglikdan, markazi va jan.sharki tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirg’ogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga bo’lib turgan Shim. Shotlandiya tog’ligidan iborat. Bu ikkala qismning jan.da (Grampian tog’lari) mamlakatning eng baland cho’qqisi — Ben-Nevis (1343 m) ko’tarilib turadi. Grampian tog’laridan jan.da Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Jan. Shotlandiya qiri (bal. 842 m gacha) joylashgan. Ulardan g’arbda Kamberlend tog’lari (Skofell tog’i, 978 m) qad ko’targan.
- Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels ya. o.ning g’arbida Kembriy toglari (Snoudon tog’i, 1085 m) bor. Angliyaning g’arbiy qirg’og’ida keng qo’ltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va jan. qismlarida pasttekisliklar (Shim.
- Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (bal. 200– 300 m) bor. Shim. Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan (Antrim, Sperriin, Morn va b.) iborat.
- B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshko’mir, tosh tuz, kaolin, ozroq mikdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shim. dengizning B. B. qirtog’i yaqinida tabiiy gaz konlari bor.
B. B.da mo’’tadil dengiz iqlimi xukmron; u seryog’in, o’zgaruvchan, tez-tez shamol bo’lib turadi. Jan.g’arbida yanvar ning o’rtacha t-rasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shim.g’arbida yoz salqin, sernam, jan. - B. B.da mo’’tadil dengiz iqlimi xukmron; u seryog’in, o’zgaruvchan, tez-tez shamol bo’lib turadi. Jan.g’arbida yanvar ning o’rtacha t-rasi 7°, sharqda 3,5° gacha. Shim.g’arbida yoz salqin, sernam, jan.
- sharqda ancha iliq va quruq. Shim. da iyulning o’rtacha t-rasi 13°, jan.sharkda 16,5°. London va u ning atrofida tra yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida ba’zan —18° gachatushadi. Yog’in yil davomida deyarli bir me’yorda (kuz va kishda bir oz ko’proq) tushadi, jan.sharqida yoz va kuzda ko’proq yog’adi. Shotlandiya, Shim. Irlandiya, Angliya bilan Uelsning tog’li joylarida yog’in eng ko’p (1000–1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yog’adi. Jan.sharqda 600–750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar ko’p, Kishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7—10 kun) tushadi. Daryolari ko’p, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari — Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomg’ir suvlaridan to’yinadi; kuz va qishda to’lib oqadi, yaxlamaydi, ko’pchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Tog’larida ko’llar ko’p. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bo’lgan. Eng yirik ko’llari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim .da tog’podzol tuproq, tog’ tepalarida tog’tundra tuproq, pasttekisliklarda, shim.g’arbda va shim.
Do'stlaringiz bilan baham: |