Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


Download 1.93 Mb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1608536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buyuk britaniya

Maorifi va madaniy-ma’rifin muassasalari. B. B.da boshlang’ich va to’liqsiz o’rta ta’lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang’ich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha o’qiladi. O’rta maktablar asosan 3 turga: 5—7 y.lik grammatik maktablar, 5 (ba’zan 7) y.lik texnika maktablari va 4 y.lik zamonaviy maktablarga bo’linadi. O’quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta’limni kollej, unt va b. oliy o’quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 unt, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi untlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.

  • Maorifi va madaniy-ma’rifin muassasalari. B. B.da boshlang’ich va to’liqsiz o’rta ta’lim (5 dan 16 yoshgacha) majburiy. Boshlang’ich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha o’qiladi. O’rta maktablar asosan 3 turga: 5—7 y.lik grammatik maktablar, 5 (ba’zan 7) y.lik texnika maktablari va 4 y.lik zamonaviy maktablarga bo’linadi. O’quvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin ta’limni kollej, unt va b. oliy o’quv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 unt, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi untlari Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlaridir.
  • Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar), Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va b. Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi (1753). Milliy galereya (1824), Teyt galereyasi (1897), Shotlandiya Kirollik muzeyi (1854) va b.
  • Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford (1167) va Kembrij (1209) untlari katta ahamiyatga ega. 1662 y.da London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1675 y. Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi — Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945 y.dan boshlab i. t. markazlari kupaya bordi. 1990-y. o’rtalarida 50 ga yakln unt va kollejlarda i. t. ishlari olib borildi. Xususiy sanoat lab.lari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan ko’pini bajaradi. Ko’p firmalarda (500 dan ortiq kishi ishlaydi) ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan ko’proq ortdi. Davlat tadqiqot intlari va markazlari ham mavjud. 1954 y.da yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat intlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va b. sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat to’g’risidagi bilimlarni rivojlantirish bo’yicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik san’at akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Klrollik inti, Angliya va ingliz tili to’g’risidagi bilimlarni yoyish bo’yicha Britaniya kengashi (hammasi London sh.da), Edinburg qirollik jamiyati.
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling