Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


Download 1.93 Mb.
bet7/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1608536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buyuk britaniya

Adabiyoti

  • Adabiyoti
  • Ingliz adabiyoti 5—6-a.
  • larda vujudga kela boshlagan. 5—11-a.larda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida „Beovulf“ qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach (11-a.), yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-a.ning ikkinchi yarmiga kelib, o’rta ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga ko’tarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani an’analari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning „Qo’shchi Pyotr haqida tush“ poemasi, J. Choserning „Kenterberi hikoyalari“da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning „Utopiya“ romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser she’rlari yuzaga keldi. „Yakov IV“, „Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli“ (Robert Grin), „Ulug’ Temur“, „Doktor Faustning fojiali tarixi“, „Malta yahudiysi“ (Kristofer Marlo) kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uyg’onish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bog’liqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi — burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, ma’naviy o’zgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari („Hamlet“, „Otello“, „Qirol Lir“, „Makbet“) Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining so’nggi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va „Samson kurashchi“ tragediyasida barokko uslubi namoyon bo’ldi.
  • WWW.ARXIV.UZ

18-a. ingliz ma’rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib qilish xosdir. Bu davrda she’riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo’r irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yo’nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg’or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o’tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o’z ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo’ldi.

  • 18-a. ingliz ma’rifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilg’or g’oyalarni targ’ib qilish xosdir. Bu davrda she’riyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi („Gulliverning sayohatlari“), D. Defo insonning kuch-qudrati, zo’r irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi („Robinzon Kruzo“). 19-a. B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yo’nalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar (V. Vordsvort, S. T. Kolrij, R. Sauti) feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilg’or romantiklar (J. Bayron, P. Shelli) burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning „Puritanlar“, „RobRoy“, „Ayvengo“ kabi romanlarida mehnatkash xalqning o’tmishi, urfodati, siyosiy kurashlari o’z ifodasini topdi. Ch. Dikkens („Oliver Tvist“, „Dombi va uning ugli“), V. Tekkerey („Snoblar kitobi“, „Shuhratparastlar yarmarkasi“) jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-a.ning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo bo’ldi.
  • 19-a.ning oxiri, 20-a.ning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar (M. Garkness, U. Marris, S. Batler, E. Voynich, T. Gardi). 20-a. tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich bo’ldi. 20-a.ning ikkinchi yarmida dekadentlik va b. reaksion oqimdagi yozuvchilar (E. Garv, D. Untli, L. Kuper) ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz o’girib, voqelikni to’g’ri ko’rsatishga intildilar (J. Osborn, K. Emis, D. Ueyn), taraqqiyparvar adiblar (A. Sillitou, S. Chaplin, S. Barstou) ijodi rivojlandi.
  • B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari o’zbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning „Gulliverning sayohatlari“, D. Defoning „Robinzon Kruzo“, E. Voynichnint „So’na“ romanlari va b.
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling