Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi


Download 1.93 Mb.
bet9/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1608536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
buyuk britaniya

Musiqasi

  • Musiqasi
  • B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qo’shikchilari ijodida ballada (doston qo’shig’i) asosiy o’rin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti (cherkov aytimlari, organ ijrochiligi) rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 —12-a.larda paydo bo’ldi. Bular J. Dansteybl (15-a.) ijodida rivojlandi. Uyg’onish davrida dunyoviy musiqa janrlari (madrigal, lyutnya va klavesin kuylari, teatr spektakli intermediyalari) tashkil topdi. 16-a.
  • da U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari bo’lishdi. 17-a.ning oxirida G. Pyorsellnit „Didona va Eney“ birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-a.da B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari („KoventGarden“) va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.
  • 19-a. oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida ko’zga ko’rinarli o’ringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol o’ynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa o’quv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 y.da ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qo’yiladi. Mashhur „Bitlz“ ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qo’shdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, „Yangi filarmoniya“ simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va b. 20-a.ning atoqdi musiqachilaridir.
  • WWW.ARXIV.UZ

Teatri

  • Teatri
  • B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bog’liq o’yinlar va urfodatlardan boshlanadi. O’rta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-a.dan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uyg’onish davrining insonparvarlik g’oyalarini ifodaladi (dramaturglar K. Marlo, T. Kid, J. Lili, U. Shekspir). 16-a. oxiri — 17-a. boshi B. B. teatrining „oltin davri“ bo’ldi. Bu davrda 3 xil teatr bo’lgan: havaskor hunarmandlar teatri, „maktab“ havaskorlari teatri, professional teatr. 18-a.ga kelib, teatr ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr („DruriLeyn“, „KoventGarden“) asosiy o’rinni egalladi. 19-a. dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga o’tdi. Londonda „Old Vik“ teatri (1818), StratfordonEyvon sh.da Shekspir yodgorlik teatri (1879, 1961 y.dan Kirollik Shekspir teatri), „Mustaqil teatr“ (1891) vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm „Kort“ teatri (20-a. boshi) faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qo’yildi. 20-a.ning 30—40-y.larida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning „Nafratlansang, orqaga qayrilib qara“ pyesasi (1956) „jahldor yigitlar“ dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 y. Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rej.lar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr o’quv yurtlari: Qirollik drama san’ati akademiyasi (1904 y.dan), Bristol untining teatr fakulteti.
  • B. B.da teatr raqsi o’rta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi (1720) balet taraqqiyotida katta rol o’ynadi. B. B.da „Qirollik baleti“, „Balle Ramber“, „Londone festival balle“, „Uestern tiyetr balle“ kabi balet truppalari bor.
  • B. B. sirki 18-a.da laydo bo’lib, F. Astley (1742—1814) ijodida yuqori pog’onaga ko’tarildi. U ot o’ynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol o’ynadi. B. B.da yezda ko’chma sirklar ishlaydi.
  • WWW.ARXIV.UZ

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling