17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi. - 17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan B. B. burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi.
- 19-a.ning 30-y.larida i. ch.ning fka tizimi qaror topdi. 30—40-y.larda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko’paytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Jan. Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-a.ning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afg’onistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va b.), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qo’zg’olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1878 y. Kipr o.ni, 1882 y. Misr, 1898 y. Sharqiy Sudanni, 1899—1902 y.larda Jan. Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
- 20-a. boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya o’rtasidagi ziddiyat 1-jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g’olib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o’z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-y.larda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 y. B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qo’shilib, 2-jahon urushining boshlanishiga yo’l ochdi. 1939 y. 3 sent.da B. B. Olmoniyaga urush e’lon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. 2-jahon urushidan so’ng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-y.larning o’rtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. 2-jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979 y.dan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT a’zosi. O’zR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 18 fevralda o’rnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
- Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 y. tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 y. tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 y.da asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 y.da tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 y.da tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 y.da B.B. Kommunistik partiyasining sobiq a’zolari tomonidan tuzilgan; So’l demokratlar partiyasi, 1920 y. tashkil etilgan.
- Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 y. tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 y. tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 y. tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 y. tashkil etilgan.
- Xo’jalngi. B. B. — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi, 70,2 % ni xizmat ko’rsatish tarmog’i beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bog’langan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. 2-jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qo’ldan ketdi; sanoat i. ch. urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qo’ldan boy berishga yoki sotishga majbur bo’ddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi ko’pdanko’p behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat i. ch.ida 1948 y.da B. B. ulushi 11,9 % edi, 1968 y.da 7,4 % ga tushib qoldi.
- Sanoati
- B. B. eksportining 90 % ni sanoat ta’minlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmog’i, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, ma’danli o’g’it, bo’yoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari bo’yicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining ko’pchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.
- G’arbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qo’ltig’i sohillarida, to’qimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga o’rtacha 48,2 mln. tonna toshko’mir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna po’lat ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |