Buyuk ipak yo’lining ilmiy
Download 22.93 Kb.
|
Buyuk ipak yo’lining ilmiy o’rganish darajasi
Buyuk ipak yo’lining ilmiy o’rganish darajasi Vatanimiz tarixida Yevropa bilan Osiyoni bog’lovchi xalqaro savdo va muloqot yo’li hisoblangan Buyuk Ipak yo’lining tarixiy ahamiyati kattadir.Buyuk Ipak yo’lini har tomonlama ham tarixiy , ham geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o’rganish amalda ko’plab mamlakat olimlari tomonidan XIX arsning ikkinchi yarmidan boshlandi. Uning tarixini o’rganishda G’arbiy Yevropa, rus va yapon olimlarining xissalari katta bo’ldi. Yaponiya olimlarining ilmiy izlanishlari natijasidada «Buyuk Ipak yo’li ensiklopediyasi» nomli kitob nashr qilingan. Buyuk ipak yo’li tashkil topmasdan avval O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo’llar bo’lgan.Eng qadimgi yo’llardan biri “La’l yo’li” deyilgan. U miloddan avvalgi 3-2-mingyilliklarda vujudga kelgan. U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va old Osiyo, Misr orqali o’tgan. Badaxshondan qazib olinadigan la’l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari maqbalaridan ham topilgan. Ikkinchisi eron ahamoniylari sulolasining yo’li bo'lib, “Shoh yo’li” deb atalgan. U miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O’rta dengiz bo’yidagi Efes , Sardi shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri – Suza bilan bog’lagan. Yana bir yo’l Eron, Baqtriya orqali So’g’diyona, Toshkent vohasi va Qozog’iston hududidan o’tgan va Oltoygacha borgan.Tog’li Oltoydagi ko’chmanchilarning zodagonlari qo’rg’onlaridan miloddan avvalgi V-IV asrlarga oid Paziriq qo’rg’onini o’rganishda kigiz gilam, jun gazlamalar, oltin, jez va kumush buyumlar, O’rta Osiyo va Eron matolaridan tikilgan kiyim qoldiqlari topildi. Bu narsalar qabrlar qalin muz qatlami bilan qoplangani uchun yaxshi saqlangan. Buyuk Ipak Yo'li 12ming chaqirimcha uzunlikda bo’lgan. U sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron mesopotamiya orqali o’rta dengiz sohillarigacha borgan. Yo’l Xitoydan O’rta Osiyogacha ikki yo’nalish orqali kelgan. Buning sababi yo’l ustida o’tib bo’lmas Taklamakon cho’li joylashganligi edi. Janubiy yo’l Dun Xuandan Norin daryosining janubiy qirg’og’I bilan Pomir platosidan Vakxon vodiysi orqali Balx (qadimgi Baqtra) shahrigacha borgan. Bu yo’l Toshqo’rg’onning g’arbidan Gandxara orqali o’tgan. Shimoliy yo’l ham Dun Xuandan boshlangan. San Long Shaning shimoli-g’arbi orqali Loyanga, undan Norinning shimoliy qirg’og’igacha va Qorashar, Oqsuv bilan janubi-g’arbiy Qoshg’arga kirib borgan. Qoshg’ardan Farg’ona vodiysiga, u orqali Toshkemtga o’tib, Sirdaryo, Amudaryo bo’ylab Baqtriyagacha borgan va Baqtriyada janubiy yo’lga qo’shilgan. O'rta Osiyo orqali Hisdistonga olib borgan. Bu yo’lda qator qadimiy shaharlar joylashgan: Sian, Dunhuan, Yorkent, Samarqand, Termiz, Buxoro, Marv va boshqalar. Savdogarlar moldan tashqari turli fan va madaniyat sohalari yangiliklarini ham keltirganlar. So’g’diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, bezak buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan. Baqtriyadan tuyaar, Farg’onadan nasldor otlar, Badaxshondan la’l, Hindistondan Xitoyga kumush va fil suyagidan ishlangan buyumlar, ziravorlar va boshqa mahsulotlar olib borilgan. Buyuk Ipak Yo'lida joylashgan me’morchilik yodgorliklarini o’rganishda turli hunarmandchilik buyumlari, tangalar topilgan. Masalan, Termizdan Rim tangalari xazinasi, Afrosiyobdan spool, Rim shamdonlari, Misr muhrlari topilgan. Kushon tangalari o’rta dengiz atrofi hududlarida topilgan.Buyuk Ipak yo’li bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlari hamda ommabop maqolalar bibliografiyasI mingdan ziyoddir: kitoblar, monografiyalar, broshyuralar, maqolalar, dokladlar va tezislar shular jumlasidandir. Bu manbalarda Buyuk Ipak yo’lining tarixi, bu yo’lning yo’nalishlari va tarmoqlari, yo’lda mavjud shaharlar haqida xarakteristika, aholisining etnik tarkibi, savdodagi mahsulot turlari, arxitektura, san’at, musiqa va kishilarning turmush tarzi haqida ma’lumot berilgan. Ma’lumki, miloddan avvalgi II asrgacha ham SHarq bilan G’arb o’rtasida O’rta Osiyo karvon yo’llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo’lgan. Bunga Tog’li Oltoydagi Pozariq qo’rg’onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg’oniston va O’rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo’lishi mumkin. Jamiyat taraqqiyotining bronza davridan ham ilgarigi davrlardan boshlab xududlaroro bog’lovchi vosita sifatida unga xos ixtisoslashgan yo’llar paydo bo’lganligini ko’ramiz. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra miloddan avvalgi VI- IV asrlarda Eron Axamoniylari saltanati davrida uning xududi bo’ylab «SHoh Yo’li» o’tgan. Undan ham ilgariroq O’rta va Yaqin SHarkda Badaxshon lazuritiga bo’lgan ehtiyoj «Lazurit yo’li»ning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Badaxshon lazuritlari Mesopatamiya va Misr podsholari saroylarini, ibodatxonalarini bezagan, ayollarning turli bezaklarini bezashda keng ko’llanilgan. SHu bilan birga bu yo’l qadimda «G’arbiy meridional yo’l» deb ham yuritilgan.edi. Buyuk Ipak yo’lining tarixiy an’analaridan yana biri bu sayyohlik hisoblanadi. Karvon yo’li bo’ylab safarga chiqqan sadogarlar, elchilar va boshqalar bir vaqtning o’zida sayyohlar ham hisoblangan. Ular Buyuk Ipak yo’li bo’ylab ko’rgan va kechirganlarini o’z esdaliklarida yozib koldirishgan. SHu bilan birgalikda bu yo’lga siyosiy jihatdan ham xukmdorlarning qiziqishlari baland bo’lgan. Jumladan, Xan imperiyasi mil. avvalgi I ming yillik oxirida o’z xududini kengaytirish siyosatini yurgazib bu yo’nalishga alohida e’tibor qaratadi va bu yo’l haqida alohida ma’lumot to’plash, ayg’oqchilik va diplomatik masalalarda elchi CHjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O’rta Yer dengizining sharqida joylashgan Gierapol shahridan Serikagacha bo’lgan masofa bo’ylab cho’zilgan dastlabki batafsil yo’llik makedoniyalik savdogar May Tisian (mil 100 y) tomonidan tuzilgan. Bu ma’lumotlar Klavdiy Ptolomeyning «Geografik qo’llanmasi»da saqlangan. Ptolomey esa o’z navbatida bu ma’lumotlarni tarixchi Marining taxminan 107-114 yillar oralig’ida yozilgan va bizgacha еtib kelmagan asarlaridan olingan. Xususan, Rim papasi Innokentiy IV ning Plano Karpini boshchiligidagi elchilari Fransiyaning Lion shahridan chiqishib, mo’g’ullar davlatining bosh shahri bo’lgan Qoraqurumga kelishadi. Ular o’z elchilik vazifalarini bajarib 1247 yili Lion shahriga qaytib ketadilar. Plano Karpiniy boshchiligidagi elchilar Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’idan foydalanishgan edi. Ikki yildan ko’proq vaqtga cho’zilgan bu sayyoxat tafsilotlari aks etgan xisobot orqali еvropaliklar Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Markaziy Osiyo xalqlari va xitoyliklar haqida, ularning savdo-sotiq va xunarmandchilik an’analari, madaniy hayoti haqida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ladilar. XIII asrda Yevropadan Osiyoga sayyohat qilgan va o’z safar tassurotlariga Buyuk Ipak yo’lining yo’nalishlari, bu yo’l o’tuvchi xududlardagi aholi turmushi, madaniyati haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan kishilar ichida Venesiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo alohida e’tiborga molikdir. Marko Poloning «Dunyo ajoyibotlari haqida kitob» asarida Xitoyga qilgan ikkita sayyohat: 1254-1269 yillarda Markoning otasi (Nikallo Polo) va amakisi (Meffeo Polo)ning Xitoyga sayyohati va 1271-1295 yillarda Marko Poloning ular bilan birgalikdagi sayyohati aks etgan. Aka-uka Pololarning birinchi sayyohati Buyuk Ipak yo’lining O’rta Osiyo orqali o’tgan yo’nalishlari bo’ylab amalga oshirilgan. Evropaliklarning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayyohatlari XIV asrda ham davom etdi. Xususan, venesiyalik sayyoh Franchesko Pecholattining Markaziy Osiyoga sayyohati (1348-1355) yo’nalishi muhim savdo yo’llari bo’ylab amalga oshirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozimdir. Konstantinopoldan Azov-Doning quyi oqimidagi qipchoqlar qo’rg’oni Astraxan (25 kun)- Kaspiy dengizi bo’ylab (8kun)- Ural daryosi quyi oqimi-kichik Saroy yo’nalishida Urganchga (20kun) еtib keladi. Bu еrdan Sirdaryo kechuvi orkali O’trorga (40kun) o’tadi va Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i bo’ylab Olmalikdan Xanchjouga, bu еrdan Xuanxe daryosi bo’ylab Pekinga boradi. Bu sayyohat davomida otlardan, tuya qo’shilgan aravalardan va suv yo’lidan foydalanilgan. Bu esa o’sha davrning transport vositalari edi. Demak, qadimiy karvon yo’llari azaliy asrlar davomida o’z ahamiyatnini yo’qotmadi. Balki uni asrlardan asrlarga еtkazib dunyo xalqlarini birlashtirish uchun o’zining munosib ulushini qo’shib keldi. Savdo yo’lining «Ipak yo’li» deb nomlanishiga sabab qadim davrlarda g’arb mamlakatlari va umuan barcha xalqlar uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblangan ipak matosi bilan bog’liqdir. Ma’lumotlarga ko’ra, ipak kurtlaridan ipak matosini tayyorlash sirlari xitoyliklarga 5 ming yil avval ma’lum bo’lgan. Xattoki, ipak tarixi bo’yicha yirik mutaxassis A.A.Tixomirov aniq Vaqtini ham aytib o’tgan, ya’ni miloddan avvalgi 2698 yil deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir tadqiqotchilar yanada qadimiylashtirib ipakni 6-7 ming yil avval vujudga kelgan deydilar. Xitoy rivoyatlariga ko’ra ipak tolasining tarqalishi Xitoy imperatori Xoang-tining xotini malika Si Ling-chi nomi bilan bog’liq qilib ko’rsatiladi. Malika bog’da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o’tirgan vaqtda uning piyolasiga yuqoridan pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib ketadi. Malika Si pilla tolalarini piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalab bo’lmaguncha choyni pilla tolasidan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytilishicha, pilla tolasini olish usuli ana shu voqedan so’ng ma’lum bo’ladi. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi Si Ling CHiga bog’laydilar. Si Osmon xudosi nazari tushgan malika deb uni ilohiylashtiradilar. Unga atab ibodatxonalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak bayrami o’tkaziladi. Fanda ipaknng vatani deb xitoy tan olingan. Ammo bu masalada olimlar orasida baxslar bo’lib turadi. Xitoy manbalarida ham miloddan avval xitoyliklar o’zining shimoliy qo’shnilarini ipak matolar bilan ta’minlaganliklari to’g’risida ma’lumotlar ko’p. Biroq O’zlarini «xanzu»miz deb nomlaydigan, qadimda Xuanxe (Sarik daryo)ning janubida istiqomat qilgan xitoyliklarning ipak ishlab chiqarganligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q Xitoy manbalaridagi ipak ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’lumotlar shimolda yashagan rung-dilar xududiga to’g’ri keladi. Xanzular esa, ularning janubida istiqomat qilganlar. Binobarin qadimda xanzular ipak ishlab chiqarganmi yoki yo’qmi degan savolning tug’ilishi tabIIy. SHuning uchun ham Xanzu davlati ipak mamlakati bo’lganmi yoki yo’k masalasi jiddiy munozaraga sabab bo’lmokda. Xind olimi Mukerji Xindistonda ipakning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq va ishonarli ma’lumot bera olmasa-da, u ipakning Xitoyda paydo bo’lib, u еrdan boshqa еrlarga tarqalganligi haqidagi fikrlarga ko’shilmaydi. U Xindistonda ham tog’li tumanlarda yovvoyi ipak qurti tut daraxtlari ustida pilla o’rashlarini ta’kidlaydi. Ko’p olimlar ipakning vatani Turkiston deb ta’kidlaydilar. Turkiston qadimiy «Ipak mamalakati» bo’lganligini undan topilgan arxeologiya yodgorliklari tasdiqlaydi. Xitoy arxeologlari tomonidan Turkistonning sharqiy SHinjang Uyg’ur Muxtor O’lkasining Olguy degan mavzeida qadimiy qabrlardan topilgan chiroyli kashtali gul tikilgan ipak matolar milod. avv VIII-IV asrlarda to’qilganligi taxmin qilinadi. Albatta 3000 yil avval kashtali gul tikilgan ipak mato ishlab chiqarilganligi aniq. Buni qadimshunos olim akademik A.Asqarovning buyuk kashfiyoti tasdiqlab beradi. Axmadali Asqarov olib borgan ko’p yillik arxeologik izlanishlar oqibatida O’zbekistoning Surxondaryo viloyatidagi Sopollitepa yodgorligi va Jarko’ton mozorlarini qazish paytida 3,5-4 ming yillik tarixga ega ipak mato qoldiqlari topilgan. Topilgan kiyim parchalarini O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M.Xojinova boshchiligidagi bir gurux olimlarning sinchiklab tekshirishlari natijasida u tabIIy ipakdan to’qilganligi aniqlandi. Mazkur ipak matolarini A.Asqarov eng sodda to’qimachilik dastgohlarida to’qilganligini, urchug’ boshlarining shu joydan topilishi bilan isbotladi. Markaziy Osiyoda dastgohda mato to’qish juda qadimdan boshlanganligi ma’lum. SHarqiy Turkistonning Lubnur o’lkasidan topilgan jasad egnida dastgohda jundan to’qilgan ko’ylak kiyg’azilgan. Jasadning yoshi 6412 yil deb belgilanganligi sababli dastgohda mato to’qish 6,5 ming yil ilgari ham mavjud bo’lgan. A.Asqarov O’zbekiston xududidan topgan ipak mato esa xanuzgacha dastgohda to’qilgan ipak matolar ichida eng qadimgisi hisoblanadi Uning yoshi 4000 yilni qamrab oladi. Demak, bu еrda 4 ming yil ilgari ipakning dastgohda to’qilishi, mazkur xududning o’zida juda qadimdan ipak еtishtirib kelinganligini ko’rsatadi. CHunki ipak xom ashyosi mazkur mintaqada еtishtirilganligidan dalolat beradi. Bundan 4 ming yil avval xitoy ipagi O’zbekiston xududiga olib kelinganligi to’g’risida xitoy manbalari ma’lumot keltirmaydi. Yoki shu davrda sharq madaniyatining g’arbga bo’lgan ta’sirini ko’rsatadigan arxeologik ma’lumotlar topilmagan. Uning aksicha g’arb madaniyatining sharqqa tarqalganligini ko’rsatadigan yaqqol misollarning biri Xitoyning shimolida topilgan Yangshau madaniyatidir. Pekin universiteti professori SHan Yue In sulolasiga oid shaharlarni qazish vaqtida Xitoy ierogliflari yozilgan toshbaqa kosasi va suyak parchalarini topib, ularda «ipak», «tut daraxti» so’zlari yozilganligini aniqlaydi. Boshqa bir xitoy yilnomasida Fu Gi ismli xunarmandning miloddan avvalgi 3400 yilda musiqa asbobi yasab, uning torlarini ipakdan qilganligi haqida ma’lumotlar bor. Xitoyda yovvoyi ipak qurti hozirgacha Xitoyning SHandun va Xanan viloyatlarida uchraydi. Xitoy dehqonlari tut daraxtidan har yili yovvoyi qurt pillalarini terib, undan o’zlari uchun kiyim-bosh qiladilar. Bu ipak kiyimning xonakilashtirilgan pilla ipagidan ancha pishiq va mustahkam ekanligi isbotlangan. Xitoyda ipakchilikning dastlab keng tarqalgan joyi Xuanxe daryosining quyi havzasida joylashgan hozirgi SHandun viloyati hisoblanadi. Miloddan avvalgi 2255 yilda xitoy imperatoriga soliqni ipak orqali to’lashgan. Ko’p o’tmay ipakdan mato tayyorlash butun Xitoyga tarqalib ketadi deyiladi. Ayniqsa, ipakchilik miloddan avvalgi I ming yillikning 2-chi yarmida keng tarqaladi. Bu xom ashyodan pul, mato ishlab chiqarganlar hamda soliqlar ipak matosi tarzida undirilgan. Yovvoyi ipak qurtining xonakilashtirilguniga qadar yuz yillar o’tadi. SHuni aytish joizki pilladan ipak tolalarini olish jarayoni qadimdan hozirgi kungacha qanday bo’lsa shundayligicha saqlanib qolgan. Urg’ochi kapalak 600-700 gacha tuxum qo’yadi. Bahorning aprel oyida tuxumlarni issiq xonaga olinadi, 10-12 kundan so’ng ipak qurtlari paydo bo’ladi. Ular misli ko’rilmagan darajada ko’p ovqat еydilar. Asosan ular tut barglarini iste’mol qiladilar. 30 kun ichida ipak qurti 10 000 martagacha kattalashadi. Ipak qurti 5 yoshgacha yashaydi va so’ngi yoshida ipak tolalari paydo bo’ladi. Ipak qurti ikki kavatdan qilib o’ziga o’ray boshlaydi, natijada pilla vujudga keladi. Bitta pillada 600-2000 metrgacha ipak tolasi bo’ladi. Mana shunday tabiat ajoyiboti bizlarga ipak matosini yaratib beradi. So’nggi yillarda Markaziy Osiyo va qo’shni hududlarda olib borilgan tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu minmaqa Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanushuda uziga xos o’rin to’tganligini ko’rsatuvchi ko’plab ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Ularga asoslanib, biz “Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi”, “O’rta Osiyo tsivilizatsiyasi” “Turon” yoki “Turkiston tsivilizatsiyasi” kabi tarixiy tushunchalardan ilmiy tadqiqotlarda keng foydalana boshladik. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlarideq hozirgi O’zbekiston hududining o’lkan Evroosiyo mintaqasi markazida, muhim tranzit yo’llari kesishgan chorraxada joylashganligi tarixan belgilangan bo’lib, bu vatanimizni kishilik tarixining ilk bosqichlaridayok Sharq va G’arb dunyosi o’zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini belgilab berdi. Sru tufayli ham tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida vatanimiz tarixini jaxon tsiviliatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilmokda. O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishida mintaqaviy va transmintaqaviy iqgisodiy-madaniy aloqalar tizimi faoliyati yetakchi o’rin egallaydi. Mintakqamizda qadimgi aloq savdo yo’llarining shakllanishi va rivojlanishi murakkab tarixiy jarayon bo’lib. u iqtisodiy xo’jalik turlarining paydo bo’lishi, tarqalishi va evolutsiyasi, qadimgi ahili migratsiyasi va etnogenez jarayonlari, urbanizatsiya va shaharsozlik madaniyati rivoji, o’zaro mahsulot almashuvi, savdo-sotiqning vujudga kelishi va rivojlanishi, ilk ulov va transport vositalaridan foydalanishga o’tilishi, uning ahamiyati hamda qator ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar bilan kechdi. Bu jarayonlarni ilmiy o’rganish va tahlil qilish O’rta Osiyo tarixining ko’pgina muxim xodisalariga baho berishda, turli tarixiy davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi an’analarni aniqlashtirishda katta o’rin tutadi. Asrlar mobaynida xalqaro savdo va aloqa yo’llari chorrahasida joylashgan, “hunarmandchilikda, dehqonchilikda va savdo-sotiqda qadim an’analarga ega bo’lgan mamlakatimiz umuman O’rta Osiyo mintaqasida XX-XXI asr boshlarida olib borilgan tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu hududdagi qadimgi makonlar va madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalardan dalolat beruvchi, qadimgi tosh davridayoq ilk aloqalar uchun xizmat qilgan yo’llar shakllana boshlaganligini kursa- tuvchi ko’plab ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Bu moddiy manbalar O’rta Osiyo xalqlari ilk yozma manbasi — «Avesto», ahamoniy shoxlarning qoyatosh bitiklari, qadimgi yunon, Rim, Xitoy tarixchi va geograflarining asarlarida tilga olinishdan ancha ilgarirok rivojlangan madaniyat barpo etganliklarini ko’rsatib berdi. Bu ma’lumotlar ajdodlarimiz yaratgan qadimiy madaniyatlari tarixiy ildizlari va asoslarini aniqlashtirishni, o’rganishni zamonaviy o’zbek tarixshunosligi oldida turgan muxim vazifalardan biri sifatida qarashga majbur etmoqda. Markaziy Osiyo va Qadimgi Sharq mamlakatlarining iqtisodiy-madaniy aloqalarida muxim o’rin tutgan aloqa-savdo yo’llari ilmiy adabiyotlarda turli ramziy nomlar bilan atalib kelinayotganligini ko’ramiz. Ular ichida xalqaro aloqalarda muhim o’rin to’tgan mahsulotlar nomi bilan ataluvchi yo’llar (Lojuvard yo’li, Oltin yo’li, Ipak yo’li, Nefrit yo’li), tarixiy shaxs faoliyati (Shox yo’li) yoki geografik hudud nomi va xususiyati (Dasht yo’li, Badaxshon yo’li, Samarqand yo’li, Kavkaz yo’li va boshqalar) bilan bog’liq nomlarni ko’rishimiz mumkin. Ahamiyatiga ko’ra transmintaqaviy, mintaqalararo va maxfiy yo’llarga bo’linadigan ushbu kommunikatsiya tizimi faoliyatini o’rganish bo’yicha bir qator ishlar olib borilgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mintaqaning qadimgi davr va o’rta asrlardagi aloqa-savdo yo’llari tarmoqlari, yo’l bo’yi inshootlarini ilmiy o’rganish bo’yicha mintaqa tarixchi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyati, ayniqsa, katta bo’ldi. Bu masalaning ayrim jihatlari bo’yicha evropalik olimlar tomonidan ham XIX asrdan boshlab ilmiy tadqiqotlar olib borilgani ma’lum. Biz o’rganib chiqqan manbaga oid ilmiy ma’lumotlar mintaqamizning turli shaharlarida bo’lib o’tgan xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda, O’zbekistonda o’tkazilgan Respublika ilmiy anjumanlari va ilmiy to’plamlar xamda ilmiy jurnallardagi ko’plab maqolalarda o’z aksini topgan. Bu ishlar mintaqadagi qadimgi yo’llar tarmoqlari va ularning evolyutsiyasi masalalari yoritilgani bilan katta ilmiy ahaamiyat kasb etadi. Olib borilgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor Buyuk ipak yo’li tarixini o’rganishga qaratib kelinmoqda. Bu jixatdan mintaqamiz hududining asrlar mobaynida Buyuk ipak yo’li bo’yidagi markaziy xalqasi, Sharq va G’arb tsivilizatsiyalari uchrashadigan, hamkorlik qiladigan joy sifatida mashhur bo’lgani katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganidek Buyuk ipak yo’li “2000 yildan ortiqroq vaqt mobaynida Sharq bilan G'arbni savdo-iqtisodiy rishtalar bilan bog’ladi. Mazkur mintaqada yashovchi xalqlarning madaniy-ma’naviy aloqalarini mustahkamladi”[1]. Shu sababli ham Ipak yo’lini tiklash hayotiy zaruratga aylandi. So’nggi yillarda O’zbekistonni Xitoy, Eron va Kavkazorti orqali Qora dengiz portlari, Afg’oniston orqali Hindiston portlari bilan bog’laydigan zamonaviy yo’llarni barpo etish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bularni amalga oshirishda qadimgi yo’llar yo’nalishlarini aniqlashtirish, to’plangan tajribalardan foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Shu tufayli ham O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston hududidagi qadimgi aloqa-savdo yo’llarining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlarini o’rganish zamonaviy o’zbek tarixshunosligidagi dolzarb muammolardan biriga aylandi. Zero, bugungi kunda O’zbekistonning dunyodagi ko’plab mamlakatlar bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy-madaniy aloqalari rivoji ko’p jihatdan bu aloqalarning qadimgi davr va o’rta asrlardagi tarixiy an’analari, yo’nalishlari, xususiyatlari, xarakterli belgilarini o’rganishga ham bog’liqdir. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling