CamScanner 03-02-2021 15. 24
Mavsumiy kiyim-boshva poyabzal
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
Mavsumiy kiyim-boshva poyabzal
Paltocha Hakim Nazir Qahraton qish. Oynaday muzlagan asfalt ko’cha. Uning chetida bir kampir diydiragancha turib, o’tgan mashinalarga qo’l ko’tardi. Uzokdan bo’sh mashina ko’ringandi, kampir sirg’ana-sirg’ana uning qarshisiga chikdi. «Volga» g’iyqillagancha siypanib to’xtadi. Kabinadan haydovchining barmoq o’qtalib bo’g’iyagancha allanima degani eshitildi. Jonholatda kampir mashinaga yopishdi, yalinib-yolvorgach, basavlat kiyingan haydovchi ilojsiz eshikni ochdi. - Qayerga borasiz, xolamoyi? Shartta mashinaga o’tirib olgan kampir uzoqqa imo qildi. - Vaqtim ziq, xolamoyi. Tushadigan joyingizni ayting. Esginam qursin, - deb kampir peshonasiga urdi. U bundan bir soatcha burun allakaysi avtobus bekatida sumkasini unutib koldirgan ekan, shuni yig’lamokdan beri bo’lib gapirdi. - Sumkada nimalar bor edi, xolamoyi? - Yangi paltocha, yana boshqa mayda-chuydalar... - Vey, qoldirgan joyingizda turarmidi. Bosh- ko’zingizdan sadaqa endi. Sumkangizda tilla yo’q ekan- ku, ishqilib? Kampirning gumoni oshib, yuragi achishdi: - Bugun nevaramning tug’ilgan kuni. Paltochani maktabga kiyib bormoqchiydi. - O’sha bekatda odam ko’pmidi, xolamoyi? - U yonimda bir kishi, bu yonimda yelkasiga papka osgan qizaloq o’tiruvdi. - Ko’rsangiz, taniysizmi o’sha bekatni? Kampir indamay har tarafga alangladi. Haydovchining toqati toq bo’ldi. - Ortiq olib yurolmayman ko’chama-ko’cha, xolamoyi. Vokzalga chiqib ketyapman. - Tag’in ozroq yur, jon bolam, manavs ko’chaga, - deya turib, kampir birdan qichqirib yubordi. - Ana, ana shu. U cho’ntagidan pul chiqardi-da, haydovchining yoniga tashladi. Haydovchi buni bilmaganga olib, kampirni mashinadan tushirdi. Ko’k soyabon ostidagi skameykada o’n yoshli chamasi qizcha yelkasida papka, tizzasida jigarrang sumkani quchoqlaganicha diydirab o’tirardi. Kampir inqillab-sinqillab bordi-yu, qizchani bag’riga bosdi. Ko’karib ketgan betlarini silab-siypab: - Voy, umringdan baraka topkur, tasaddug’ing ketay, bolajonim-ye, yaxshiyam sen borsan-a! - deya duo qila ketdi. - Hali avtobusga chiqayotganingizda ketingizdan sumkani oborgan edim, qaramasdan ketib qoldingiz, - dedi qizcha. - Esginam qursin, - deb kampir duxoba paltosi chuntagidan bir so’m chiqarib qizga uzatdi. Qizcha xuddi xunuk narsaga ko’zi tushganday g’alati bo’ldi, pulni olmasdan kampirning yuziga «nima uchun» deganday qarab qo’ydi-da, yo’lakdan pildirab jo’nadi. Kampir uning ketidan: - Munchayam orli, tortinchoq bo’lmasang, hoy qiz, otingni ham aytmading-a, - deb qoldi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling