CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinozavrning do’sti B. Abdutolipova
Dum-dumaloq qo’ng’iz
Aziz Abdurazzoq Dum-dumaloq qo’ng’iz yurgan yo’lida ko’pincha dumalab- dumalab ketar ekan. Juda ham semizlikning foydasi yo’q-da. U to’ppa-to’g’ri, tep-tekis yo’lda imillab- simillab bo’lsa ham yura olar ekan-ku, ammo do’ng joylarda, o’ydim-chuqur yo’llarda, goh tepaga chiqishda, goh pastga tushishda yumalab ketar ekan. Shunaqa vaqtda dumalab-dumalab, keyin to’g’ri turib qolsa yaxshi, biroq chalqancha tushib, oyog’i osmondan bo’lib qolsa, uzoq vaqt tipirchilab g’o’ng’illab yotar ekan. Shunda birov o’nglab ko’ymasa, yotib-yotib o’lib qolishi ham mumkin ekan. Bir kuni shunaqa chalqancha yotib, ancha vaqt qiynalibdi. Baxtiga o’sha atrofda Mirzasher degan bolaning Dumdor degan chumchug’i o’ynab yurgan ekan. U dum-dumaloq qo’ng’izning yordam so’rab g’o’ng’illaganini eshitib qolibdi-yu, pirillab uning yoniga uchib bordi. - Voy, nima bo’ldi senga? - deb so’rabdi Dumdor. - Ko’rib turibsan-ku nima bo’lganini, - debdi dum- dumaloq qo’ng’iz ho’ng-ho’ng yig’lab. - Yig’lama, men senga yordam beraman, - debdi Dumdor. U pirillagancha uchib, Mirzasherning bog’iga boribdi. Bu vaqtda Mirzasher bog’dagi so’rida o’tirib olib, Dilshod bilan Shahnozaga qalin kitobdagi ertaklardan o’qib berayotgan ekan... Dumdor pirillab kelib so’riga qo’nibdi-da, dum-dumaloq qo’ng’izning ahvolini tushuntiribdi. Mirzasher kitobni yopib, so’rida qoldiribdi-da: Qani, ketdik, bolalar, - debdi. - Dum-dumaloq qo’ng’izga tez yordam berishimiz kerak. Mirzasher Dumdor boshlagan tomonga ketaveribdi. Dilshod, Shahnoza Oqgul ham unga ergashib bora- verishibdi. Ular Dumdor ko’rsatgan joyga yetib bor- gandan keyin Mirzasher qiynalib yotgan dum-dumaloq Qo’ng’izni oyoqqa turg’azib qo’yibdi-da, tayinlabdi: - Mehnat qilish kerak, qora baqaloq, - debdi u. - Chumolilarga o’xshab ishlagin. O’shanda ortiqcha semirmaysan, sal-pal ozasan, chopqillab-chopqillab yurasan, nuqul yiqilavermaysan. - Xo’p, endi harakat qilaman, - debdi dum-dumaloq qo’ng’iz. Dinozavrning do’sti B. Abdutolipova Bor ekan-da, yo’q ekan, bir o’rmonda dinozavr yashar ekan. Dinozavrning ismi Botir ekan. Uning hamisha kayfiyati yo’q va xo’mrayib yurar ekan, hatto hyech kimga salom bermas ekan. Butun o’rmon ahli undan qo’rqar, qay yerda qadam bossa, o’sha joydagi hamma jonivor berkinib olarkan. Hatto bir kuni Momiqxon ismli ona quyon uni ko’rgan zahoti o’takasi yorilib, bolalariga olib kelayotgan sabzilarini yerga to’kib yubordi. Nega endi qo’rqadi, axir, dinozavr o’t yeydiku, desangiz, buning sababi shundaki, Botir hyech kimga jilmaymagani uchun hamma uni badjahl va qo’rs deb o’ylar ekan. Kunlardan bir kun dinozavr tepalikda yotib uxlab qolibdi, u yerda esa mitti sichqon yashar ekan. Dinozavr o’zining haybati bilan sichqonning inini berkitib qo’yibdi. Bechora sichqon nima kilishni bilmay Botirni itaribdi, aylantirmoqchi bo’libdi, bir vaqt dinozavr uyg’onib ketibdi. Sichqon qarasa, dinozavr yerda dumalab xaxolab yotibdi ekan, sababi esa uning qitig’i bor ekan. Dinozavr debdi: - Qanday maz-za, men quvonyapman, rahmat senga, sichqonvoy. Sen quvonishimga sababchi bo’lding, kel, endi dustlashib olamiz. - Faqat menga doim jilmayib yuraman, deb va’da bersang, do’st bo’laman, - debdi sichqonvoy. - Men shu daqiqadan boshlab eng quvnoq jonivorga aylanaman, - debdi dinozavr. Sichqon va Dinozavr haligacha do’st ekanlar. Dinozavr kulib yurgani uchun butun o’rmon ahli u bilan do’stlashibdi. Maqollar Yaxshiga yondash, Yomondan adash. Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga, Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga. Yaxshiga yetishtir, Yomondan ketishtir. Yaxshilar topib so’zlar, Yomonlar qopib so’zlar. Yaxshilik nur keltirar, Yomonlik - zulmat. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling