CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet16/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Zuhra Ro’ziyeva
Bir yosh kemacha bo’lgan ekan. U dengizda bemalol suzar, sho’x to’lqinlar singari quvnoq va beg’ubor ekan. Faqat kemachani bir narsa tashvishga solarkan. U qanday qilib hushtak chalishni bilmas ekan. Kemacha suzib ketayotib, kirg’oqda turgan kuchukchani ko’rib qolibdi.
- Kuchukvoy, men qanday qilib hushtak chalsam ekan-a? Hushtagimga hamma qarasa, mening to’lqinlararo bemalol suzishimni, suvda qanday uchshpimni ko’rib maza qilsa, degandim.
- Vov-vov-vov, deb ko’r-chi, - debdi kuchukcha.
- Bolalar bu ovozdan ko’rqib ketadiku, bo’lmaydi, - debdi kemacha.
Kemacha aylanib-aylanib mushukchani ko’rib qolibdi.
- Baroqvoy, men qanday hushtak chalsam ekan, maslahat bergin.
- Miyov-miyo-miyovga teng keladigan hushtak bo’lmasa kerak, - debdi miyovlab mushukcha.
- Unda odamlar men emas, mushuk kelayapti deb o’ylashadiku, bo’lmaydi, - debdi xomush tortgan kemacha.
Kemacha tushkun kayfiyatda suv chetida o’tirgan bolakayning oldiga boribdi:
- Salom, shirin bola. Judayam yoqimtoy ekansan-ku. Lekin nimaga g’amginsan?
- Salom, kemacha. akam, opam o’zlari kitob o’qishadi, rasmlar chizishadi, lekin menga kitoblarini berishmayapti. Baribir tushunmaysan, deyishyapti. Bu hafta shamollab qolganim uchun bog’chaga borolmadim, shuning uchun qancha-qancha yangi narsalarni o’rganolmay qolyapman.
- Bog’cha o’zi qanday joy?
- U yerda yangi-yangi narsalarni o’rgatishadi, ko’p do’stlar orttirasan, bir so’z bilan aytganda, eng quvnoq maskan.
- Xafa bo’lma, tuzalib qolsang, o’zim seni bog’changga olib borib qo’yaman. Faqat ayt-chi, men qanday hushtak chalsam ekan-a?
- Du-du-du. Sening hamma qarindoshlaring ana shunaqa hushtak chalishadi.
Kemacha xursand bo’lganidan suvda ikki marta sakrab olibdi.
- Qoyil, du-du-du! Qanday ajoyib! Du-du-du!
Kemachaning hushtagiga atrofdagilar qarsak chalib yuborishdi. Kemacha esa hali hanuz «du-du-du» deb yurganmish.


Topishmoqlar
Uzoqlarga uchsa ham,
Talpinib qanot qoqmas. (Samolyot)
O’rdak desam, o’rdakmas,
Meni sayr qildirar. (Qayis)
G’ ildiraksiz parovoz,
Parovozki juda soz.
Dengizlarda suzadi,
Baliqlardan o’zadi. (Paroxod)
O’zi kattakon bino,
Ishlangan ko’p mustahkam.
Qurukda yurmas aslo,
Uchmaydi osmonda ham.
Faqat suvda suzadi,
Daryolarni kezadi.
Qani do’stlar, bu nima? O’zbekcha nomi -... (Kema)
Cho’zilib yotar narvon,
Undan o’tar uy-karvon. (Temir yo’l, poyezd)



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling