CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet19/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Bizningyaxshi ishlarimiz
Oppoq buvaning nevaralari
Hakim Nazir
Oppoq buva ravonda dam olib o’tiribdi. Nevaralari uyda radio eshitishyapti. Radiodan «Jo’jalarim» qo’shig’i aytilsa, ular qo’shilishib aytishadi. Hindcha aytsa, dikir-dikir o’yinga tushishadi. Sal o’tib, katta ashula boshlangan edi, kichik nevara:
- E, bu yaxshimas, o’chirib qo’yaman! - dedi.
Katta nevara singlisini qaytardi:
- O’chirma, oppoq buvam xafa bo’ladi.
Kichik nevara ravonga chiqib:
- Oppoq buva, siz shu ashulani yaxshi ko’rasizmi? - deb so’radi.
- Ha, oppok qizim, juda yaxshi ko’raman, - dedi buvasi.
- Unaqa bo’lsa, men ham juda yaxshi ko’raman, - dedi kichik nevara.
Yaxshilik
Farhod Musamsonov
Fazliddin o’rtog’i Nabi bilan ko’chada o’ynab yurardi. k^ikaIT Qo’shnilaRi Normamat boboning kelayotganini Fazliadin hovlt^bNI^QO’LIDa TuGunChaSI XaM b°R EDI’ iqib, o’rtog’iga kerildi:
- Hozir-chi, men borib Normamat bobomlarga yordam beraman. Bilansanmi... men doim qariyalarga yordam beraman. Meni Normamat bobo juda yaxshi ko’radilar. Ishonmasang, men bilan yur, o’zing ko’rasan.
Bolalarga yaqinlashib kelgan Normamat bobo Fazlidadinning so’zlarini eshitdi chog’i, miyig’ida jilmayib qoldi. Fazliddin boboning oldiga yugurib bordi va uning ko’lidan tugunchasini oldi.
Bobo, keling, yordamlashib yuboray, sizga doim yordam beraman-a? - so’radi Fazliddin, Nabi eshitishi uchun jo’rttaga ovozini ko’tarib.
- Ha, har doim yordam berasan, - boshini qimirlatib tasdiqladi Normamat bobo. Fazliddin oldinda, Normamat bobo orqada, yo’lga tushdilar.
Normamat bobo uyiga yetganidan keyin Fazlid- dinning qo’lidan tugunchani oldi. Lekin har galgidek, «Barakalla, bo’talog’im, odobli bola ekansan», deb maqtamadi. Faqat quruqqina qilib: «Rahmat», dedi va engashib Fazlidsinning qulog’iga allanarsalar deb pichirladi. Keyin kulimsiragancha uyiga kirib ketdi.
Fazliddin noqulay ahvolga tushib qoldi. Labini tishlab, chap oyog’i bilan yer chizdi. O’rtog’i uning yoniga yugurib keldi.
- Ha, nega nafasing ichingga tushib ketdi? - so’radi Nabi. - Normamat bobo nima dedilar?
Fazliddin boshini ko’tarmadi.
- Nega indamaysan?
- Yaxshilik qil, lekin maqtanib, yaxshiligingni yuvib yuborma, - dedilar Normamat bobo, - zo’rg’a javob berdi Fazliddin.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling